add

budjet jarayonini rejalashtirish va nazorat qilish tartibi yangilandi

Bugun 11:06692 daqiqa

Yangi qonun budjet mablag‘laridan foydalanish, loyihalarni ko‘rib chiqish va makroiqtisodiy prognozlashda ochiqlikni kuchaytiradi.

budjet jarayonini rejalashtirish va nazorat qilish tartibi yangilandi

2025 yil 25-dekabrda qabul qilingan O‘RQ–1107-sonli qonun bilan budjet jarayonini takomillashtirishga qaratilgan qator muhim o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Yangi normalar davlat moliyasi boshqaruvida shaffoflikni oshirish, parlament nazoratini kuchaytirish hamda xarajatlarni rejalashtirishda aniqlikni ta’minlashga qaratilgan.

Qonunga muvofiq, O‘zbekistonning Davlat byudjeti, davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlari va budjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg‘armalaridan ajratiladigan mablag‘lar hisobidan tovar yetkazib beruvchilar bilan tuzilgan shartnomalar faqat g‘aznachilik organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyingina kuchga kiradi. Bu talab budjet mablag‘larining maqsadli va nazorat ostida sarflanishini ta’minlashga xizmat qiladi.

Shuningdek, navbatdagi yil uchun O‘zbekistonning ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga kiritiladigan loyihalar portfellari har yili 1-iyulga qadar Vazirlar Mahkamasi tomonidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritilishi belgilandi. Ushbu loyihalar fraksiyalar hamda Qonunchilik palatasi qo‘mitalarida muhokama qilinib, 10 kun ichida taklif va tavsiyalar shakllantiriladi.

Yangi tartibga ko‘ra, Iqtisodiyot va moliya vazirligi har yili 15-aprelga qadar o‘rta muddatli davr uchun kamida ikki xil ssenariy asosida makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozining dastlabki bahosini ishlab chiqadi. Bu budjet parametrlarini turli iqtisodiy sharoitlardan kelib chiqib baholash imkonini beradi.

Qonun bilan davlat byudjetining ijrosi to‘g‘risidagi choraklik hisobotlarga ham aniqlik kiritildi. Endi ushbu hisobotlar budjet tasnifiga muvofiq muayyan davrda davlat byudjeti daromadlari va xarajatlarining ijrosi natijalarini qamrab oladi.

Teglar

Mavzuga oid