add

Bugun Mubashshir Ahmad sudining davomi bo‘ladi

08.09.2025 | 13:2038703

Birinchi sud jarayoni ochiq bo‘lishiga qaramay, kamera va telefon vositalariga cheklov qo‘yilgandi.  

Bugun Mubashshir Ahmad sudining davomi bo‘ladi
Bugun, 8 sentyabr kuni soat 16:00 da Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Uchtepa tumani sudida Mubashshir Ahmad taxallusi bilan tanilgan Alisher Tursunovning sudi davom ettiriladi. Mubashshir Ahmadning birinchi sudi 2025 yil 19 avgust kuni bo‘lib o‘tgandi va ayrim guvohlar kelmagani aytilib, sud ishi 8 sentyabrga qoldirilgan. Sud ochiq bo‘lishiga qaramay, kamera va telefon vositalariga cheklov qo‘yilgandi.
«Ayni damda keng jamoatchilikdan shu xalq, shu millatning ikki dunyo saodatiga erishishini istashdan boshqa dardi bo‘lmagan ulamo Mubashshir Ahmad domlaning sud ishida adolat tantana qilishi yo‘lida befarq bo‘lmasliklarini iltimos qilamiz.  Va ayni paytda, mavjud voqelikka nisbatan vazminlik bilan oqilona yondoshishlarini, ortiqcha hissiyotga berilmasliklarini so‘rab qolamiz», - deya yozmoqda Mubashshir Ahmad shogirdlari.
Ma’lumot uchun, Mubashshir Ahmad «Azon tv» kanalida olib borgan diniy, ma’rifiy faoliyati davomida 2023 yilda Diniy qo‘mita xulosasini olmasdan diniy mazmundagi materialni ushbu kanal orqali tarqatgani uchun ma’muriy jazoga tortilgan. 2023 yilda bu holat takroriy sodir qilingan deb topilib, jinoyat ishi qo‘g‘atilgan. Unga Jinoyat kodeksining 244 prim 3 moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, keyinroq shu moddaning 1-qismi “g” bandi bilan qo‘shimcha ayblov e’lon qilingan. Oradan sal fursat o‘tib, 156-moddasi 2-qismi ham ishga qo‘shilgan.

Teglar

Mavzuga oid

Bugun Mubashshir Ahmad sudining davomi bo‘ladi | Vaqt.uz