Bugun o‘zbekistonliklar to‘liq Oy tutilishini kuzatish mumkin
07.09.2025 | 19:4639647
7 sentyabr kuni O‘zbekiston aholisi oddiy ko‘z bilan to‘liq Oy tutilishini xavfsiz tarzda kuzatish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Jarayon Toshkent vaqti bilan soat 21:27 da boshlanadi va maksimum fazasiga soat 23:11 da yetadi.

O‘zbekistonning barcha aholisi 7 sentyabr kuni to‘liq Oy tutilishining guvohi bo‘ladi.  Uni ko‘rish uchun maxsus jihozlar talab qilinmaydi va oddiy ko‘z bilan kuzatish mumkin. Bu haqda Fanlar akademiyasining Astronomiya instituti xabar berdi.
«Shu yilning 7 sentyabr kuni Yer yuzi aholisi qiziqarli astronomik hodisalardan biri – to‘liq Oy tutilishini kuzatishlari mumkin. Ushbu tutilish to‘liq Oy tutilishi hisoblanib, tutilishning to‘liq fazasida Oy yuzasi 100 foiz Yer soyasida bo‘ladi. Oy tutilishining to‘liq fazasi 1 soat 22 daqiqa davom etib, tutilishning umumiy davomiyligi esa 3 soatdan ortiqroq vaqt davom etadi», - deyiladi xabarda.
To‘liq Oy tutilishi haqida qisqacha ma’lumot
To‘liq Oy tutilishi deb, Quyosh-Yer-Oy bir chiziqqa joylashib, Oy yuzasining to‘liq Yer soyasiga kirishiga aytiladi.
Oy tutilishini ko‘rish uchun nima qilish kerak?
Oy tutilishini kuzatish uchun maxsus jihozlar talab qilinmaydi va oddiy (qurollanmagan) ko‘z bilan kuzatish mumkin, deydi FA Astronomiya instituti xodimi Raxim Matekov.
«Jarayonni kuzatish Quyosh tutilishidan farqli o‘laroq, Oyning to‘liq tutilishini kuzatish uchun hech qanday maxsus jihozlarni talab qilmaydi. Oy tutilishi qurollanmagan ko‘z bilan ko‘rish xavfsiz», — deya tushuntirdi mutaxassis.
 
Oy tutilishining vaqtlari
To‘liq Oy tutilishi modeli.
Hodisaning to‘liq fazasida Oy yuzasi 100 foiz Yer soyasida bo‘ladi. Jarayon 1 soat 22 daqiqa, tutilish esa 3 soatdan ortiqroq vaqt davom etadi.
O‘zbekistonda qisman Oy tutilishi barcha hududlarda 7 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:27 da, to‘liq Oy tutilishi esa soat 22:30 da boshlanadi. To‘liq fazali Oy tutilishi maksimum fazasiga soat 23:11 da yetadi, soat 23:52 da esa tugaydi. 8 sentyabr soat 00:56 da astronomik hodisa yakuniga yetadi.
Oy tutilishi umumiy 5 soat 26 daqiqa davom etadi. U boshlanganda Toshkent shahrida Oyning ufqdan (gorizontdan) balandligi 27 gradusni tashkil etadi, tutilishning maksimal fazasida 39 gradusni, tutilish tamomlanish arafasida 41 gradusni tashkil etadi.
Tutilish davomida Oyning ufqdan balandligi O‘zbekistanning shimoli-g‘arbiy hududlarida, jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazim viloyatida tutilish boshlanganda 21 gradus, tutilishning maksimal fazasida 30 gradus va tutilish tugashi arafasida esa 38 gradusni tashkil etadi.
 
Tutilishni kuzatish mumkin bo‘lgan hududlar
 
Ushbu astronomik hodisaning to‘liq fazasini Yevropa, Osiyo, Afrika, Avstraliya qit’alarining ma’lum bir qismida kuzatish mumkin. Jumladan Yevroosiyo materigida O‘zbekiston, Qozoqiston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Afg‘oniston, Armaniston, Eron, Birlashgan Arab Amirligi, Omon, Yaman, Somali, Madagaskar, Pokiston, Nepal, Hindiston, Shri-Lanka, Xitoy, Mo‘g‘iliston, Janubiy Koreya, Shimoliy Koreya, Bangladesh, Myanma, Tailand, Vetnam, Laos, Malayziya davlatlar hududida yashovchi barcha aholi to‘liq Oy tutilishini kuzatish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Shuningdek, Rossiyaning markaziy hududlari, Ozarbayjon, Turkiya, Iroq, Saudiya Arabistoni, Afrika qit’asining sharqidagi bir necha davlatlar va Yaponiya, Avtraliyaning g‘arbiy viloyatlari, Indoneziyaning g‘arbiy orollaridagi aholida ham to‘liq oy tutilishini kuzatish imkoni mavjud. Butun Yevropa davlatlari, Afrika qit’asining sharqidagi davlatlar, Rossiyaning g‘arbiy va sharqiy viloyatlari, Yaponiyaning shimoli-sharqiy viloyatlari, Filippin orollari, Gavayi orollari, Fidji orollari, Avstraliyaning sharqiy viloyatlari va yangi Zenlandiya davlati aholisi esa geografik joylashuviga mos ravishda turli darajadagi qisman Oy tutilishini kuzatishlari mumkin.