
Bugun to‘rt viloyatda qor va yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda
O‘zgidromet 22-dekabr uchun ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.

Bugun kunduzi Buxoro, Navoiy, Surxondaryo viloyatlarida va kechga tomon Sirdaryo viloyatida ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, deya xabar bermoqda O‘zgidromet.
Ma’lumotlarga ko‘ra, respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat 0...+5 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent shahrida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol sekundiga 3-8 metr tezlikda esadi. Harorat +2...+4 daraja iliq bo‘ladi.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda qor yog‘adi, tuman tushadi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat 0...-5 daraja sovuq bo‘ladi.





