add

«Bundan buyon ham sidqidildan mehnat qilasiz, deb ishonaman» – prezident prokurorlarni tabrikladi

Davlat rahbari xalq prokuratura organi xodimlari timsolida adolat himoyachilarini ko‘rishini aytib, ularga bunday munosabatni qadrlashini alohida ta’kidladi.

«Bundan buyon ham sidqidildan mehnat qilasiz, deb ishonaman» – prezident prokurorlarni tabrikladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga 8-yanvar – kasb bayrami munosabati bilan tabrik yo‘lladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Prezidentning ta’kidlashicha, prokuratura organlari faoliyatida xalqqa yaqinlik, inson qadri va huquqlarini himoya qilish ustuvor yo‘nalishga aylangan. Xodimlar fuqarolar bilan doimiy qabullar o‘tkazib, muammolarni joyida hal etish amaliyotini keng joriy etmoqda.

Ma’lum qilinishicha, o‘tgan yilda qariyb 512 ming nafar fuqaroning buzilgan huquqlari tiklangan. Shuningdek, 54 mingga yaqin murojaat ko‘rib chiqilib, salkam 29 ming nafar tadbirkorning masalasi ijobiy hal etilgan. Bu raqamlar tizim faoliyati samaradorligini yaqqol namoyon etadi.

Qurilish, yer resurslaridan foydalanish, xotin-qizlar va yoshlarni zo‘ravonlikdan himoya qilish, yoqilg‘i-energetika hamda ekologiya sohalarida joriy etilgan yangi mexanizmlar ham ijobiy natijalar bermoqda. Yashirin iqtisodiyotga qarshi choralar hisobiga davlat byudjetiga 22,3 trillion so‘m qo‘shimcha tushum undirilgani qayd etildi.

Kriminogen vaziyatni chuqur tahlil qilish asosida mahallalarda jinoyatchilikni jilovlashga erishilib, og‘ir toifadagi mahallalar soni qariyb 1,5 barobar qisqartirildi. Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan minglab huquqbuzarliklarga chek qo‘yildi va katta miqdordagi zarar undirildi.

Prezident korrupsiyaga qarshi kurashda ochiqlikni kuchaytirish, tergov jarayonlarini raqamlashtirish va malakali kadrlar tayyorlash zamon talabi ekanini ta’kidladi.

«Chunki el-yurtimiz prokuratura organlarining xizmatchilari timsolida qonun posbonlari va adolat himoyachilarini ko‘radi. Sizlar bunday munosabatni qadrlab, xalqimiz ishonchini oqlash uchun bundan buyon ham sidqidildan mehnat qilasiz, deb ishonaman» dedi davlat rahbari.

Teglar

Mavzuga oid