add

Buxoroda bosh hisobchi va o‘rinbosari «otkat» bilan qo‘lga tushdi

06.08.2025 | 14:3027873

Olot tumani tibbiyot birlashmasi mas’ullari davlat mablag‘lari evaziga 40 mln so‘m «otkat» olishga uringan paytida ushlangan.

Buxoroda bosh hisobchi va o‘rinbosari «otkat» bilan qo‘lga tushdi
Buxoro viloyatida Olot tumani tibbiyot birlashmasi bosh hisobchisi va uning o‘rinbosari korrupsiyaga oid jinoyat ustida qo‘lga tushdi. Davlat xavfsizlik xizmati viloyat boshqarmasi xabariga ko‘ra, ular byudjet mablag‘larini mansabdorlik maqsadida suiiste’mol qilishga uringan. Ma’lumotlarga ko‘ra, bosh hisobchi Romitan tumanida faoliyat yurituvchi, kiyimdan tashqari noto‘qima mahsulotlar ishlab chiqaruvchi xususiy korxona bilan tibbiyot birlashmasi ehtiyojlari uchun 400 dona yotoq choyshab xarid qilish bo‘yicha shartnoma tuzgan. U o‘z o‘rinbosari bilan til biriktirib, shartnomada har bir choyshab narxini 90 ming so‘m o‘rniga 190 ming so‘m etib ko‘rsatgan. Natijada umumiy harajat 76 mln so‘mga chiqarilgan va ortiqcha hisoblangan 40 mln so‘mni “otkat” sifatida olish rejalashtirilgan. Ular ushbu mablag‘dan oldindan 32 mln so‘mni xususiy korxona vakilining o‘zida qabul qilib olish paytida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan. Mazkur holat yuzasidan jinoyat kodeksining 25,167-moddasi 2-qismi “v,g” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid