add

Buxoroda jadidlar merosi muzeyi loyihasi taqdim etildi

10.09.2025 | 08:2041324

Buxoro biyennalesi doirasida jadidlar merosi muzeyi loyihasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Muzey 2027 yilda Labi Hovuzda ochilishi rejalashtirilgan.

Buxoroda jadidlar merosi muzeyi loyihasi taqdim etildi
Buxoro shahrida o‘tayotgan xalqaro biyennale doirasida kelgusida quriladigan Jadidlar merosi muzeyi loyihasi namoyish etildi. Muzey dizayni Livanning mashhur me’mori Lina Gotme rahbarligida ishlab chiqilgani alohida e’tirof etildi. Mazkur tashabbus zamonaviy O‘zbekistonda madaniy merosga qayta qarash va tarixiy shaxsiyatlarning ruhiy merosini qadrlashga intilishni anglatadi. Muzey 2027 yilda ochilishi rejalashtirilgan bo‘lib, u Labi Hovuz majmuasiga kiruvchi, tarixiy ahamiyatga ega Usmonxo‘ja Po‘lato‘jayev xonadonida joylashadi. Ushbu bino XX asr boshlarida jadidlar harakati faollaridan biri Usmonxo‘ja Po‘latxo‘jayev faoliyati bilan bog‘liq bo‘lib, zamonaviy ma’rifat va madaniy yangilanish g‘oyalarining shakllanishi markazlaridan biri bo‘lgan. Loyiha mualliflari tomonidan uyning asl arxitekturasi va uning tarixiy atmosferasi saqlanib qolishiga katta ahamiyat qaratilgan. Yangi muzey makoni nafaqat ekspozitsiya zallarini, balki tadqiqot arxivlari va ta’lim maydonlarini ham o‘z ichiga oladi. Shu orqali jadidchilik merosi ilmiy-ommabop tarzda o‘rganilishi va yosh avlodga yetkazilishi maqsad qilingan. Muzeyning asosiy maqsadi — jadidizm tarixi, uning g‘oyalari va shaxslari orqali o‘tmish va bugungi kun o‘rtasidagi ma’naviy ko‘priqni yaratishdir. Bu yerda tarixiy hujjatlar, eksponatlar va multimedia yechimlari orqali jadidlar harakatining turli jihatlari yoritiladi. Shuningdek, ochiq muhokamalar, konferensiyalar va ta’limiy dasturlar tashkil etish ham rejada bor. Muzey jadidlar faoliyatiga munosabatni yangicha kontekstda ko‘rib chiqish, ularning g‘oyalarini zamonaviy jamiyat ehtiyojlari bilan uyg‘unlashtirish uchun muhim minbar bo‘ladi.

Teglar

Mavzuga oid