add

C5+1 sammiti: Tramp Markaziy Osiyoda Putin ta’sirini kamaytirishni ko‘zlamoqda — Reuters

Bugun 08:382582

C5+1 sammiti doirasida AQSH rahbari Donald Tramp Rossiya ta’siri kamayib, mintaqada AQSHning iqtisodiy va strategik mavqeini kuchaytirishga intilmoqda.

C5+1 sammiti: Tramp Markaziy Osiyoda Putin ta’sirini kamaytirishni ko‘zlamoqda — Reuters

2025 yil 6 noyabr kuni AQSH Prezidenti Donald Tramp Oq uyda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston yetakchilarini qabul qildi. Ushbu C5+1 sammiti orqali Vashington Rossiya va Xitoy ta’sir doirasida bo‘lib kelayotgan Markaziy Osiyoda o‘z mavqeini mustahkamlashga harakat qilmoqda, deb yozmoqda Reuters.

trump C5+1 001

Mintaqada 84 millionga yaqin aholi yashaydi va uran, mis, oltin, nodir metallar va boshqa strategik resurslar bo‘yicha ulkan salohiyatga ega. G‘arb mamlakatlari, jumladan AQSH, bu boyliklarga geosiyosiy raqobat sharoitida muqobil yetkazib beruvchi sifatida qaramoqda.

Tramp ma’muriyati Xitoy va Rossiyaga bo‘lgan xomashyo qaramligini kamaytirish maqsadida, qazib olish, qayta ishlash va logistika tarmoqlarini o‘z ichiga olgan strategik hamkorlikni ilgari surmoqda. Sammitda ayni shu masalalar — xomashyo ta’minoti, energetika va transport yo‘laklari ko‘rib chiqildi.

trump C5+1 003

So‘nggi haftada AQSH Davlat kotibining o‘rinbosari Kristofer Landau Qozog‘iston va O‘zbekistonga tashrif buyurib, To‘qayev, Mirziyoyev va boshqa rasmiylar bilan hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qildi. Qozog‘iston dunyodagi eng yirik uran ishlab chiqaruvchi bo‘lib, jahon bozorining 40 foizini ta’minlaydi. O‘zbekiston esa beshtalikka kiradi. Ularning jami uran hajmi AQSH atom energetikasi uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega.

trump C5+1 004

Bloomberg xabariga ko‘ra, AQSHning Cove Capital kompaniyasi Qozog‘istondagi yirik volfram konlaridan biri bo‘yicha 70 foizlik ulushga ega bo‘ldi. Shuningdek, O‘zbekiston bilan geologiya ishlari yuzasidan ham shartnoma imzolandi.

Uzbekistan Airways bu yil tarixidagi eng yirik shartnomani tuzib, 8 mlrd dollarlik Boeing samolyotlarini xarid qildi. Qozog‘iston esa Wabtec kompaniyasi bilan 4,2 mlrd dollarlik temir yo‘l loyihasini amalga oshirmoqda.

trump C5+1 005

Shu bilan birga, mintaqadagi siyosiy muvozanat hali ham nozik. Rossiya mintaqaga siyosiy va iqtisodiy ta’sirini saqlab qolmoqda, millionlab mehnat muhojirlari esa ayni shu mamlakatda faoliyat yuritadi.

Londondagi PRISM konsalting kompaniyasi vakili Keyt Mallinsonga ko‘ra, G‘arbning mintaqadagi imkoniyatlari cheklangan. Garchi markaziy osiyolik yetakchilar G‘arb sarmoyasi va texnologiyalarini jalb qilishga intilayotgan bo‘lsalar-da, Pekinning kuchayib borayotgan faoliyati va Moskvaning ta’sirini yo‘qotmaslik istagi bunga to‘siq bo‘lmoqda.

Teglar

Mavzuga oid

C5+1 sammiti: Tramp Markaziy Osiyoda Putin ta’sirini kamaytirishni ko‘zlamoqda — Reuters | Vaqt.uz