add

ChatGPT endi tibbiy va huquqiy maslahat bermaydi

Bugun 11:222351

OpenAI chat-boti endi tibbiy yoki huquqiy masalalar bo‘yicha faqat umumiy ma’lumotlar taqdim etadi.

ChatGPT endi tibbiy va huquqiy maslahat bermaydi

OpenAI kompaniyasi ChatGPT foydalanish qoidalarini yangilab, unga shifokor yoki advokat sifatida javob berishni taqiqladi. Yangilik Reddit foydalanuvchilari tomonidan ilk bor payqaldi. Aytilishicha, endilikda ChatGPT faqat internetdagi umumiy ma’lumotlarni keltiradi va foydalanuvchilarni litsenziyali mutaxassisga murojaat qilishga undaydi.

Ma’lum bo‘lishicha, chat-bot endi tibbiy tasvirlar yoki odam tanasiga oid fotosuratlarni tahlil qilmaydi. Hatto faraziy ssenariylar yordamida cheklovlarni chetlab o‘tishga urinishlar ham samara bermaydi.

Ko‘plab foydalanuvchilar chat-bot tibbiy yoki huquqiy mavzularda avval boshlangan muloqotlarni ham davom ettirishni to‘xtatganini ma’lum qilishgan. Bu o‘zgarishlar kompaniyaning huquqiy xavflardan qochish urinishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, odamlar orasida ChatGPT’dan tibbiy yordam yoki huquqiy maslahat sifatida foydalanish holatlari ko‘paygan. Ayrimlar hatto sud ishlarida chat-bot javoblaridan dalil sifatida foydalangani aytilmoqda. Bu esa tibbiy yoki advokatlik siri to‘g‘risidagi qonunlarga mos kelmaydi.

Ma’lumot uchun, OpenAI 29 oktyabrda chat-botdan foydlanish qoidalarini yangilagan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Senatning o‘n birinchi yalpi majlisida «Sun’iy intellektni qo‘llash orqali yuzaga keladigan munosabatlar tartibga solinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida»gi Qonun ko‘rib chiqilgani haqida xabar berilgandi.

Teglar

Mavzuga oid

ChatGPT endi tibbiy va huquqiy maslahat bermaydi | Vaqt.uz