add

ChatGPT mobil ilovasi 2 mlrd dollar daromad keltirdi

16.08.2025 | 19:3022813

OpenAI’ning ChatGPT ilovasi 2023 yildan buyon 690 mln marta yuklab olingan bo‘lib, har bir o‘rnatishdan o‘rtacha 2,9 dollar foyda tushdi.

ChatGPT mobil ilovasi 2 mlrd dollar daromad keltirdi
TechCrunch ma’lumoticha, OpenAI kompaniyasiga qarashli ChatGPT mobil ilovasi 2023 yil may oyida ishga tushirilgandan beri sozlovchilarga 2 mlrd dollar daromad keltirgan. Bu ko‘rsatkich bir o‘rnatishdan o‘rtacha 2,91 dollarga to‘g‘ri kelmoqda. Daromadning asosiy o‘sishi 2025 yil hissasiga to‘g‘ri keldi. Joriy yilning birinchi yetti oyida ilova 1,35 mlrd dollar daromad qayd etdi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 673 foizga ko‘p. Appfigures tahlillariga ko‘ra, ChatGPT oyiga taxminan 193 mln dollar foyda keltirmoqda. Solishtirish uchun, asosiy raqobatchilardan xAI kompaniyasining Grok ilovasi 3,6 mln dollar, Claude va Copilot kabi servislar esa ancha kichik miqdorda daromad qayd etgan. Grok’ning bir o‘rnatishdan o‘rtacha foydasi 0,75 dollar, Copilot’niki esa 0,28 dollardan oshmagan. Ilova uchun eng yirik bozor AQSH bo‘lib, u umumiy daromadning 38 foizini tashkil etdi. Germaniya 5,3 foiz ulush bilan ikkinchi o‘rinda turdi. Eng ko‘p yuklab olishlar esa Hindiston hissasiga to‘g‘ri kelgan — 13,7 foiz. Biroq bu mamlakatda asosan bepul tarifdan foydalanish kuzatilmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, ChatGPT ilovasi umumiy hisobda 690 mln marta o‘rnatilgan. Solishtirish uchun, Grok ilovasining yuklanishlari 39,5 mln marotaba bo‘lgan. Eslatib o‘tamiz, shu yil boshida xorijiy IT kompaniyalari O‘zbekistonda 78,2 mlrd so‘m soliq to‘lagani ma’lum qilingan edi. Uning 2,9 mlrd so‘mini OpenAI kompaniyasi to‘lagan.

Teglar

Mavzuga oid