
Chevrolet Corvette 2026: yangi salon, uch displey va modernizatsiya
08.05.2025 | 16:2730822
General Motors 2026 yil uchun mo‘ljallangan Chevrolet Corvette C8 sport avtomobilining ilk rasmiy foto va videolarini e’lon qildi. Yangi model tashqi ko‘rinishini saqlab qolgan holda, salonida tub yangilanishlar amalga oshirildi.

Chevrolet Corvette 2026 tashqi ko‘rinishda katta o‘zgarishga uchramadi — kuzov ranglari va disklar turlari yangilandi, xolos. Asosiy modernizatsiya salonga qaratildi: interyer to‘liq qayta loyihalashtirildi va zamonaviy funksiyalar bilan boyitildi.
https://www.youtube.com/watch?v=TdjBf5ebceM
Avtomobil old paneliga uchta ekran o‘rnatildi: 14 dyuymli raqamli uskunalar paneli, 12,8 dyuymli sensorli ekran va 6,6 dyuymli yordamchi displey. Yangi markaziy konsol kengaytirilib, tugmalar soni qisqartirilgan. Bezak materiallari ham turlicha variantlarda taklif etiladi.
Texnik ma’lumotlar hozircha e’lon qilinmagan. Kompaniya yoz oylarida ularni ochiqlashi kutilmoqda. Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, ayrim motorlar quvvati oshirilishi mumkin.
Hozirda Corvette C8 V8 turkumidagi 6,2 litrli 495 ot kuchi, 5,5 litrli 670 va 1064 ot kuchi hamda 655 ot kuchiga ega hibrid versiyalarda sotilmoqda.





