add

«Chilonzor» metro yaqinidagi ko‘cha 12 kunga yopiladi

18.08.2025 | 10:4532002

Toshkentning Chilonzor tumanidagi yo‘l qismida quvurlarni yangilash ishlari sababli harakat vaqtincha cheklanadi.

«Chilonzor» metro yaqinidagi ko‘cha 12 kunga yopiladi
Tuman hokimligi xabariga ko‘ra, Farhod ko‘chasining Shuhrat chorrahasidan «Chilonzor» metro bekati chorrahasigacha bo‘lgan qismi 18 avgustdan 30 avgustgacha yopiladi. Bu paytda issiqlik tarmoqlari quvurlari yangisiga almashtiriladi. Ma’lumotga ko‘ra, ta’mirlash ishlari jamoat va xususiy transport harakatiga muayyan noqulayliklar keltirishi mumkin. Shu bois yo‘lovchilar va haydovchilardan ehtiyotkor bo‘lish hamda vaqtincha yo‘naltirilgan harakat qoidalariga rioya etish so‘raldi. Mutasaddilar ta’kidlashicha, ish jarayoni belgilangan muddatda tugatilishi va ko‘cha qayta ochilishi rejalashtirilgan. Yangilangan quvurlar orqali issiqlik ta’minotining barqarorligi ta’minlanishi kutilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid