add

Chilonzorda ko‘chani yalong‘och kezgan shaxsga chora ko‘rildi

07.08.2025 | 21:2038032

Ijtimoiy tarmoqlarda jamoat joyida yurish-turish qoidalariga zid harakat qilgan shaxsning videosi keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Ichki ishlar organlari voqea yuzasidan rasmiy munosabat e’lon qildi.

Chilonzorda ko‘chani yalong‘och kezgan shaxsga chora ko‘rildi
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, 2025 yil 7 avgust kuni Chilonzor tumanida 2006 yilda tug‘ilgan fuqaro A.A. jamoat joyida, aniqrog‘i 19-mavze hududida, yalang‘och holda harakatlangan. Uning bu holati atrofdagi fuqarolarning asosli e’tirozlariga sabab bo‘lgan. Ma’lum qilinishicha, mazkur shaxs mast holda ko‘p qavatli uylar oldidagi o‘rindiqda uxlab yotgan paytda hududiy profilaktika inspektori tomonidan aniqlangan. Huquqbuzarlik xolati joyida rasmiylashtirilib, fuqaroga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 183-moddasi — «Mayda bezorilik» alomatlari bilan ma’muriy bayonnoma tuzilgan. Tegishli hujjatlar to‘planib, belgilangan tartibda ko‘rib chiqish va qonuniy chora ko‘rish uchun Jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudiga yuborilgan.

Teglar

Mavzuga oid