add

Chiqindi xizmatidan qarzdorlar SMS orqali ogohlantirilmoqda

Bugun 12:291 daqiqa

Chiqindi xizmatidan qarzdor abonentlarga ommaviy SMS-xabarnomalar yuborish amaliyoti boshlandi. Ogohlantirishdan so‘ng 5 kun ichida qarzdorlik bartaraf etilmasa, elektr energiyasi uchun to‘lov qilish imkoniyati vaqtincha cheklanadi.

Chiqindi xizmatidan qarzdorlar SMS orqali ogohlantirilmoqda

Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi 15-yanvar holatiga ko‘ra respublika bo‘yicha chiqindi xizmati uchun 9,3 mlrd so‘m miqdorida debitor qarzdorlik shakllanganini ma’lum qildi. Mazkur qarzdorliklar yuzasidan jami 118 646 ta abonentga «Hududiy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining 2100 qisqa raqamidan SMS orqali ogohlantirishlar yuborilgan. Ayni paytda xabarnoma tarqatish jarayonlari davom etmoqda.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, SMS-ogohlantirish olinganidan keyin besh kun ichida qarzdorlik bartaraf etilmasa, abonentning elektr energiyasi uchun to‘lov qilish imkoniyatiga vaqtincha cheklov o‘rnatiladi. Bu chora kommunal xizmatlar bo‘yicha hisob-kitoblarni o‘z vaqtida amalga oshirishni ta’minlashga qaratilgan.

Mutasaddilar ta’kidlashicha, ushbu tartib 2025 yil 1-iyuldan boshlab chiqindi xizmatlaridan shakllangan qarzdorliklarga nisbatan joriy etilgan. Tizim esa 2025 yil 1-noyabrdan e’tiboran oyma-oy qo‘llanib, uning qamrovi bosqichma-bosqich kengayib bormoqda.

Yangi mexanizm orqali aholi va xo‘jalik subyektlarining chiqindi xizmati uchun qarzdorliklarini qisqartirish, sohada moliyaviy barqarorlikni ta’minlash hamda xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish ko‘zda tutilgan. Shu bilan birga, kommunal xizmatlar o‘rtasida yagona to‘lov intizomini shakllantirish maqsad qilingan.

Shuningdek, chiqindilarni boshqarish sohasi va xizmat sifatiga doir taklif hamda shikoyatlarni agentlikning 1205 qisqa raqami orqali sutkaning istalgan vaqtida yuborish mumkinligi eslatildi. Murojaatlar 24/7 rejimida qabul qilinadi.

Teglar

Mavzuga oid