add

Chiroqchida bir ayolni «samosud» qilgan ayollar jazolandi

11.08.2025 | 16:1540933

Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan videoda bir guruh ayollarning boshqa ayolni urayotgani aks etgan video tarqalgan edi. Holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati IIB rasmiy ma’lumot berdi.

Chiroqchida bir ayolni «samosud» qilgan ayollar jazolandi
Qashqadaryo viloyati IIB ma’lumoticha, hodisa 24 iyul kuni soat 22:30 larda Chiroqchi tumanida sodir bo‘lgan. D.I. ismli ayol 102 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, rasmiy nikohsiz yashab kelayotgan erkak N.P.ning onasi uyiga kelib, janjal chiqarganligi haqida xabar qilgan. Profilaktika inspektori voqea joyiga yetib kelib, mojaroni to‘xtatish maqsadida erkakni tuman IIB binosiga olib ketgan. Shu paytda uning rasmiy nikohdagi ayoli va qarindoshlari «Senga erim kerakmi?» deb, D.I.ni bir necha marta tepib va urib, kiyimisiz holatda qoldirgan. Mazkur holat aks etgan video jamoatchilikning qattiq e’tiroziga sabab bo‘ldi. Inspektor tomonidan to‘liq tekshiruv o‘tkazilib, jabrlanuvchi olgan tan jarohatlarining og‘irlik darajasini aniqlash uchun sud-tibbiy ekspertiza tayinlangan. Chiroqchi tuman IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 1-qismi (bezorilik) bilan jinoyat ishini qo‘zg‘atdi. Ushbu moddaga ko‘ra, aybdor 20,6 mln so‘mdan 41,2 mln so‘mgacha jarima, 300 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanishi mumkin.

Teglar

Mavzuga oid