add

Chorvoq suv omboriga «Margimush qabristoni»dan xavf yo‘qligi ma’lum qilindi

30.07.2025 | 13:0015103

So‘nggi kunlarda «Margimush qabristoni»dan Chorvoq suv omboriga zaharli moddalar tushishi mumkinligi haqida tarqalgan ma’lumotlar rad etildi. Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi bu xabarlarni asossiz va feyk manbalarga asoslangan deb baho berdi.

Chorvoq suv omboriga «Margimush qabristoni»dan xavf yo‘qligi ma’lum qilindi
Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumanida joylashgan «Margimush qabristoni» Chorvoq suv omboriga tahdid solayotgani haqidagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi bu ma’lumotlar 2022 yildagi holatga asoslangan, hozirda esa ob’ekt to‘liq konservatsiya qilinganini ma’lum qildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, 1938–1946 yillarda «Soyuzmishyak» kombinati tomonidan 0,64 gektar maydonga taxminan 40 ming tonna chiqindi maxsus beton poydevor ustiga ko‘milib, havo chiqarish uchun quvurlar o‘rnatilgan. Ustiga 70–80 sm tuproq yotqizilgan. Keyinchalik ob’ekt beton devorlar bilan o‘rab olingan, kuzatuv kameralari o‘rnatilgan va maxsus qo‘riqlash tadbirlari amalga oshirilgan. 2023 yilda Vazirlar Mahkamasining qarori asosida 3,98 mlrd so‘mlik shartnoma bilan konservatsiya ishlari boshlangan va 2024 yilda to‘liq yakunlangan. Ob’ekt ustki qismiga inert tuproq yotqizilib, suv va namlik o‘tkazmaslik uchun kimyoviy moddalar singdirilgan va yerosti tuzilmalar mustahkamlangan. Har chorakda suv va tuproq namunalari olinib, monitoring ishlari olib boriladi. Shunga qo‘shimcha ravishda, radiatsion fon darajasi ham maxsus asboblar orqali tekshirilgan va xavfsiz deb topilgan. Boshqarma o‘z bayonotida fuqarolarni ijtimoiy tarmoqlardagi feyk ma’lumotlarga ishonmaslikka va rasmiy ma’lumotlarga tayanishga chaqiradi. Agar kerak bo‘lsa, ob’ektni joyida ko‘zdan kechirish uchun hamkorlikka tayyor ekanini bildirdi.

Teglar

Mavzuga oid

Chorvoq suv omboriga «Margimush qabristoni»dan xavf yo‘qligi ma’lum qilindi | Vaqt.uz