add

Chust tumanida AYQSHdagi chaqnash bir ishchining o‘limiga sabab bo‘ldi

26.10.2025 | 08:273001

25-oktabr kuni Namangan viloyati Chust tumanida ish faoliyati to‘xtagan yoqilg‘i quyish shoxobchasida chaqnash sodir bo‘ldi. Hodisa natijasida payvandchi sifatida ishlagan ishchi halok bo‘ldi.

Chust tumanida AYQSHdagi chaqnash bir ishchining o‘limiga sabab bo‘ldi

112 tezkor tizimiga 25-oktabr kuni soat 18:47 da Chust tumani Birlik mahallasidan chaqiruv kelib tushgan. Unda ish faoliyati to‘xtatilgan avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasida chaqnash holati yuz bergani haqida xabar berilgan, deyiladi Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabarida.

Favqulodda holat joyiga uchta o‘t o‘chirish va qutqaruv bo‘linmalari yetib borgan. Tasdiqlanishicha, hodisa vaqtida yong‘in holati kuzatilmagan.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, 10 tonnalik yoqilg‘i saqlash sisternasini boshqa joyga ko‘chirish jarayonida yong‘in xavfsizligi qoidalariga amal qilinmagani oqibatida chaqnash sodir bo‘lgan.

Chaqnash natijasida payvandchi sifatida ishlagan xodim og‘ir jarohat olib, voqea joyida halok bo‘lgan.

Hozirda hodisaning aniq sabablari va yetkazilgan moddiy zarar miqdori Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘rganilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid