add

CI inqilobi faqat energiya inqilobi orqali amalga oshishi mumkin

18.06.2025 | 16:2024993

OpenAI rahbari AQSH Kongressida CI texnologiyalari rivojini ta’minlash uchun energiya masalasi hal etilishi shartligini ta’kidladi. TIME nashri esa CI sektorida yetakchilik energetika siyosatini o‘zgartirishdan boshlanishini yozmoqda.

CI inqilobi faqat energiya inqilobi orqali amalga oshishi mumkin
Sun’iy intellekt (SI) — raqamli texnologiya sifatida qabul qilinsa-da, uning har bir natijasi ortida ulkan energiya sarfi, serverlar va nodir yerosti elementlari turibdi. OpenAI bosh direktori Sem Altmanning ta’kidlashicha, «SI kelajagining narxi — bu energiya narxi». Amerika Qo‘shma Shtatlari o‘z SI infratuzilmasini ta’minlash uchun qo‘shimcha 90 GW energiya quvvatiga muhtoj bo‘ladi. Bu taxminan 90 ta atom elektrostansiyasi quvvatiga teng. Mamlakatlar o‘rtasidagi raqobatda arzon va toza energiyaga ega davlatlar g‘olib bo‘lishi aytilayapti. Bundan tashqari, katta SI-kompaniyalar o‘zlari ishlab chiqarayotgan uglerod chiqindilari haqida hisobot bermayotgani ham tanqid qilinmoqda. Masalan, OpenAI’ning tasvir generatori faoliyat boshlaganidan so‘ng, faqat bir haftada 700 milliondan ortiq rasm yaratildi. Bu jarayon 5 mln kWh energiya talab qilgan — bu AQSHdagi 24 ming xonadonning haftalik sarfidan ham ortiq. TIME tahlilida qayd etilishicha, SI texnologiyalari barqaror rivojlanishi uchun AQSH uglerod izi bo‘yicha majburiy hisobot tizimini joriy etishi, energetika siyosatida SI tarmog‘ini inobatga olishi va ekologiyaga ta’sirni baholashni huquqiy jihatdan rasmiylashtirishi lozim. Massachusets shtatining «SIning atrof-muhitga ta’siri to‘g‘risidagi qonun» (Artificial Intelligence Environmental Impacts Act) loyihasi aynan shu maqsadda ishlab chiqilmoqda. Senator Ted Badd buni shunday ifoda etgan: «Biz Xitoy ustidan g‘alaba qozonamizmi-yo‘qmi, bu energiyaga bog‘liq».

Teglar

Mavzuga oid

CI inqilobi faqat energiya inqilobi orqali amalga oshishi mumkin | Vaqt.uz