add

Coliq mansabdori 3000 dollar pora bilan ushlandi

16.06.2025 | 13:0019692

Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanida soliq inspeksiyasi mas’uli noqonuniy ravishda zavod taqiqini bekor qilish evaziga pora olganlikda fosh etildi.

Coliq mansabdori 3000 dollar pora bilan ushlandi
Ma’lumotlarga ko‘ra, 1981 yilda tug‘ilgan, avval sudlangan fuqaro 360 mln so‘mlik soliq qarzdorligini to‘lamaganligi sababli Iqtisodiy sud tomonidan bankrot deb topilgan g‘isht ishlab chiqaruvchi MCHJning soliq qarzdorligini to‘liq to‘lamasdan, zavodga nisbatan qo‘yilgan taqiqni o‘zining mansabdor tanishlari orqali bekor qildirib, uning faoliyatini tiklab berish evaziga MCHJ rahbaridan 4000 AQSH dollari talab qiladi. Zavod rahbaridan 4000 AQSH dollari talab qilgan shaxs Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda 3000 dollarni oldindan olayotgan paytida ushlangan. Tadbir davomida, bu jinoiy harakatda ishtirok etgan Qamashi tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘ining o‘rinbosari ham ushbu miqdordagi pora bilan ashyoviy dalillar asosida qo‘lga olingan. Hozirda har ikkala shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va tergov harakatlari olib borilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid

Coliq mansabdori 3000 dollar pora bilan ushlandi | Vaqt.uz