add

Dam olish kunlari ayrim hududlarda yog‘ingarchilik kutilmoqda

Bugun 17:021 daqiqa

O‘zbekistonda haftaning oxirida ob-havo o‘zgarib, ayrim viloyatlarda yomg‘ir va qor yog‘ishi ehtimoli bor.

Dam olish kunlari ayrim hududlarda yog‘ingarchilik kutilmoqda

O‘zgidromet ma’lum qilishicha, 27–28-dekabr kunlari respublika ayrim hududlarida yog‘ingarchilik kuzatilishi, qolgan hududlarda esa nisbatan barqaror ob-havo saqlanishi kutilmoqda.

Shanba 27-dekabr kuni faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasining ayrim joylarida yomg‘ir va qor yog‘ishi mumkin. Qolgan hududlarda yog‘ingarchiliksiz ob-havo kutilmoqda.

Yakshanba kuni esa yog‘ingarchilik hududi kengayadi. Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo hamda Qashqadaryo viloyatlarida ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi. Tog‘li hududlarda yomg‘ir qor bilan almashishi mumkin. Respublika qolgan hududlarida yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanadi.

Dam olish kunlari havo harorati shanba kuni +7...+12 daraja iliqqacha, yakshanba kuni esa +10...+13 daraja iliqqacha ko‘tarilishi prognoz qilingan. Tungi harorat 2 daraja sovuqdan 3 daraja iliqqacha bo‘ladi. Shamol sekundiga 7–12 metr tezlikda esadi, ayrim joylarda tuman tushishi mumkin.

Toshkent shahrida shanba kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 0...+2 daraja iliq, kunduzi +7...+9 daraja iliq bo‘ladi. Yakshanba kuni kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi. Harorat kechasi +2...+4 daraja iliq, kunduz +10...+12 daraja iliq bo‘ladi.

Teglar

Mavzuga oid