
Dam olish kunlari qor yog‘ishi mumkin
20-21-dekabr kunlari O‘zbekiston bo‘ylab vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati kechalari 0...-5 daraja sovuq, kunduz kunlari 0...+5 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

O‘zgidromet dam olish kunlari kunlari uchun ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.
Payshanba kuni yog‘ib o‘tgan yog‘ingarchilikdan so‘ng, juma kuni kunduzi O‘zbekiston hududi bo‘yicha yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.
Havo harorati 0...+5 daraja iliq, janubda +6...+9 daraja iliq atrofida bo‘ladi.
Shanba va yakshanba kunlari esa O‘zbekiston hududiga nam havo massalarining yangi qismi kirib keladi. Respublika bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati kechalari 0...-5 daraja sovuq, kunduz kunlari 0...+5 daraja iliq atrofida bo‘ladi. Shamol g‘arbdan birozdan o‘rtacha tezlikkacha esadi.
Respublika bo‘yicha ba’zi joylarga tuman tushadi. Tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi Qor ko‘chishi xavfi bor.
Toshkent shahrida esa juma kuni kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat +1...+3 daraja iliq bo‘ladi.
Shanba kuni asosan qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. Yakshanba kuni kechasi va ertalab biroz qor yog‘adi, tuman tushadi, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kuchsiz shamol esadi. Harorat kechasi va kunduzi -2 daraja sovuq+3 daraja iliq atrofida bo‘ladi.





