add

Dam olish kunlari yuqori harorat va chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin

08.08.2025 | 13:3037862

9–11 avgust kunlari O‘zbekistonning barcha hududlarida yomg‘ir kutilmaydi, ayrim joylarda shamol kuchayishi va chang-to‘zon kuzatilishi mumkin.

Dam olish kunlari yuqori harorat va chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin
O‘zgidromet ma’lumotlariga ko‘ra, 9–12 avgust kunlari Respublika bo‘ylab havo biroz bulutli bo‘ladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida shamol 10–12 avgust kunlari sekundiga 13–18 metrgacha kuchayishi, chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat 9–11 avgust kunlari kunduzi +35...+40 daraja, 12 avgustda +32...+37 daraja atrofida bo‘ladi. Buxoro va Navoiy viloyatlarida 9–11 avgust kunlari kunduzi +37...+42 daraja, 12 avgustda +33...+38 daraja bo‘lishi kutilmoqda. Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida shamol 10–12 avgust kunlari kuchayishi mumkin. Harorat kunduzi +35...+40 daraja atrofida bo‘ladi. Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida kunduzi +37...+42 daraja, kechasi +21...+26 daraja bo‘lishi kutilmoqda. Shamolning kuchayishi va chang-to‘zon ehtimoli bor. Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida shamol nisbatan sust — sekundiga 5–10 metr atrofida. Harorat 9–11 avgust kunlari kunduzi +34...+39 daraja, 12 avgustda +32...+37 daraja bo‘lishi mumkin. Tog‘li hududlarda havo biroz bulutli, ayrim joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi. Shamol ba’zi nuqtalarda sekundiga 13–18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kunduzi +27...+32 daraja, kechasi +14...+19 daraja bo‘ladi.

Teglar

Mavzuga oid

Dam olish kunlari yuqori harorat va chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin | Vaqt.uz