add

Dam olish kunlarida ham jazirama issiq saqlanadi

18.07.2025 | 12:3011912

O‘zbekistonda 18–20 iyul kunlari juda issiq va quruq ob-havo sharoiti hukmron bo‘lib qoladi. Janubdan kirib kelayotgan havo oqimlari haroratni keskin oshirishi mumkin.

Dam olish kunlarida ham jazirama issiq saqlanadi
O‘zgidromet ma’lumotiga ko‘ra, dam olish kunlari respublika bo‘ylab kunduzi harorat +40...+43 darajagacha, janubiy va cho‘l hududlarda esa +44...+45 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Toshkent shahrida tunda ham havo harorati +24...+27 darajadan pastga tushmaydi. Faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida juma va yakshanba kunlari issiqlik biroz pasayishi mumkin. Bu hududlarda harorat +35...+38 daraja atrofida bo‘ladi. Qolgan viloyatlarda termik depressiya ta’siri tufayli qattiq issiqlik saqlanib qoladi. Ayrim hududlarda shamol tezligi 13–18 m/s gacha kuchayishi va bundan kelib chiqib chang‘-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Bu, ayniqsa ochiq maydonlarda faoliyat yuritayotganlar uchun xavf tug‘dirishi mumkin. Mutasaddilar aholini qattiq issiqdan himoya qilish choralarini ko‘rishga, quyosh to‘g‘ridan-to‘g‘ri tushadigan soatlarda ko‘chada yurmaslikka chaqirmoqda. Tana suyuqlik balansiga alohida e’tibor qaratish tavsiya etilyapti.

Teglar

Mavzuga oid

Dam olish kunlarida ham jazirama issiq saqlanadi | Vaqt.uz