add

Davlat kafolati ostida tashqi qarz olishni ma’qullash vakolati parlamentga o‘tkaziladi — Prezident

Bugun 13:281322 daqiqa

Davlat idoralarining vazifalari va ma’lumotlar bazasi Yagona raqamli platformaga integratsiya qilinadi.

Davlat kafolati ostida tashqi qarz olishni ma’qullash vakolati parlamentga o‘tkaziladi — Prezident

Oltinchi ustuvor yo‘nalish doirasida O‘zbekistonda zamonaviy davlat boshqaruvi va adolatli sud-huquq tizimini shakllantirishga qaratilgan islohotlar izchil davom ettiriladi. Bu jarayonda raqamlashtirish, parlament nazoratini kuchaytirish va ijro hokimiyati ustidan jamoatchilik hisobdorligini oshirish asosiy maqsad qilib belgilangan. Bu haqda Prezident Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasida ma’lum qildi.

Avvalo, 2026 yildan Elektron hukumat platformasi tubdan yangilanadi. Yangi bosqichda barcha davlat idoralarining 1 mingdan ortiq davlat xizmatlari, 5 mingdan ziyod funksiya va vazifalari, 240 ta ma’lumot bazasi va axborot tizimlari hamda 100 mingdan ortiq davlat xizmatchisining mahalladan tortib respublika darajasigacha bo‘lgan vakolatlari Yagona raqamli platformaga integratsiya qilinadi. Bu davlat boshqaruvida yagona raqamli muhitni shakllantiradi.

Yangilangan platformaga kelib tushgan murojaatlarni qabul qilish, ijrochilarga taqsimlash va ko‘rib chiqish muddatlarini nazorat qilish jarayonlari sun’iy intellekt asosida amalga oshiriladi. Bu inson omilini kamaytirish, ortiqcha byurokratiya va korrupsiya xavflarini qisqartirishga qaratilgan.

Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek, davlat xizmatlarini inson omilisiz, proaktiv va jamlanma shaklda ko‘rsatish tizimi rivojlantiriladi. Bu fuqarolar va biznes uchun xizmatlarni tezkor va qulay olish imkonini beradi.

Shu bilan birga, parlament nazorati ham yangi bosqichga chiqariladi. bugungi kunda Oliy Majlis eng kuchli parlamentlarga xos nazorat vakolatlariga ega. 2023 yildan beri tashqi qarz miqdorini parlament belgilab kelmoqda. Endi davlat kafolati ostida tashqi qarz olishni ma’qullash vakolatini ham parlamentga o‘tkazish taklif etildi.

Bundan tashqari, davlat xaridlarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarid qilish mumkin bo‘lgan holatlar faqat qonun bilan belgilanadi. Konstitutsiyaviy islohotlar doirasida viloyat hokimlari va mahalliy kengashlar raislari lavozimlarini ajratish amaliyoti 2026 yildan 208 ta tuman va shaharda to‘liq joriy etiladi. Shuningdek, deputat so‘rovlari ijrosi har chorakda tahlil qilinib, sustkashlik holatlari bo‘yicha prokuraturaga taqdimnoma kiritiladi.

Teglar

Mavzuga oid