add

Davlat xaridlarida ekspertizasiz shartnoma imzolagan amaldorlar jazolanadi

Bugun 21:431332 daqiqa

Senat davlat xaridlarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalarni ekspertizadan o‘tkazmagan mansabdorlar uchun javobgarlik belgiladi.

Davlat xaridlarida ekspertizasiz shartnoma imzolagan amaldorlar jazolanadi

O‘zbekistonda intellektual mulk muhofazasi va davlat xaridlari ustidan nazorat kuchaytirilmoqda. Oliy Majlis Senatining 12-yalpi majlisida senatorlar «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonunni ma’qulladi.

Muhokama jarayonida senatorlar tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish mexanizmlarini takomillashtirish zarurati yuzaga kelayotganligiga alohida urg‘u berildi. Bunda davlat organlari va tashkilotlarining mas’uliyatini oshirish, intellektual mulk ob’ektlarining hamda ularning tovar belgisiga bo‘lgan huquqlarining muhofazasini kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratish lozimligi qayd etildi.

Jumladan, oxirgi uch yilda O‘zbekistonda tovar belgilarini ro‘yxatdan o‘tkazishga bo‘lgan talab kundan-kunga ortib bormoqda. Xususan, 2023 yilda 3 155 ta guvohnoma berilgan bo‘lsa, ushbu ko‘rsatkich joriy yilning o‘tgan davrida 4 484 taga yetgan.

Shularni inobatga olib, “Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilayotgan qo‘shimchaga asosan tovar belgisiga doir guvohnomaning amal qilishi huquq egasi bo‘lgan yuridik shaxs tugatilganda, huquq egasi bo‘lgan jismoniy shaxs vafot etib, uning vasiyatnoma yoki qonun bo‘yicha merosxo‘rlari mavjud bo‘lmaganda manfaatdor shaxsning arizasiga binoan sud qarori asosida muddatidan oldin tugatilishi belgilanmoqda.

Shuningdek, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda kompleks ekspertizadan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan davlat xaridlarini amalga oshirish bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalarni kompleks ekspertizadan o‘tkazmagan mansabdor shaxslarga nisbatan ma’muriy javobgarlik ham belgilanmoqda.

Teglar

Mavzuga oid