add

Delta Air Lines aviachiptalar narxini SI yordamida mijozlarning cho‘ntagiga qarab belgilamoqda

21.07.2025 | 08:4049043

Delta Air Lines aviakompaniyasi sun’iy intellekt yordamida har bir mijoz uchun alohida chipta narxini belgilaydigan yangi dinamik tizimni joriy etmoqda. Kompaniya bu usulni sinovdan o‘tkazib, natijalarni «ajoyib darajada ijobiy» deya baholadi.

Delta Air Lines aviachiptalar narxini SI yordamida mijozlarning cho‘ntagiga qarab belgilamoqda
Delta prezidenti Glen Hauenstayn ma’lum qilishicha, aviakompaniya sun’iy intellekt asosida chipta narxlarini 3 foiz holatda shakllantirmoqda va 2025 yil oxiriga qadar bu ko‘rsatkichni 20 foizga yetkazishni maqsad qilgan. Tizim har bir yo‘lovchi, parvoz vaqti va reysga qarab individual ravishda narx taklif etadi, deb yozmoqda The Verge. Aviakompaniya bu texnologiyani Fetcherr kompaniyasi bilan hamkorlikda ishga tushirgan. Ushbu platforma real-time rejimda doimiy tahlil asosida narxlar taklif etadi. Mijozlarning xulq-atvorini tahlil qilib, qanchagacha to‘lashga tayyor ekanini aniqlashni maqsad qilgan bu usul ko‘plab tanqidlarga sabab bo‘ldi. Ayrim senatorlar va iste’molchilar huquqini himoya qiluvchi tashkilotlar bunga «xafvli tahlil», «miyaga hujum» va «g‘ayriinsoniy muomala», deb baho bermoqda. Delta avvalroq yolg‘iz safar qiluvchi mijozlarga guruhlarga qaraganda qimmatroq narx taklif qilgani uchun tanqidga uchragan edi. Kompaniya keyinchalik bu qarorini bekor qildi. Endi esa yangi AI tizimi orqali har bir mijozning imkoniyatiga qarab narx belgilashni yanada avtomatlashtirmoqda. Aytish mumkinki, bunda mijozning hayot tarzi va xaridlariga qarab odatdagidan qimmatroq narxda chiptalar taklif etilayotgani ma’lum bo‘lgan.

Teglar

Mavzuga oid