add

Diyorbek Sattorov Ichki ishlar vaziriga o‘rinbosar bo‘ldi

Bugun 16:251 daqiqa

Prezident farmoni bilan Davron Abitovich Nazarmuxamedov ishdan olinib, o‘rniga Diyorbek Nematjonovich Sattorov IIVda ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar yo‘nalishiga rahbar etib tayinlandi.

Diyorbek Sattorov Ichki ishlar vaziriga o‘rinbosar bo‘ldi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qaror va farmoyishiga muvofiq, Diyorbek Nematjonovich Sattorov O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining o‘rinbosari – Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Shu munosabat bilan u O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Jamoat xavfsizligi va qonun ustuvorligi bo‘yicha departamenti sho‘ba mudiri lavozimidan ozod etildi.

Mazkur tayinlov ichki ishlar tizimida kadrlar siyosati, ma’naviy-ma’rifiy ishlar va xizmat intizomini yanada takomillashtirishga qaratilgan qaror sifatida baholanmoqda. Yangi lavozimda Diyorbek Sattorov xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash hamda kadrlar zaxirasini shakllantirish bilan bog‘liq yo‘nalishlarga mas’ul bo‘ladi.

Shu bilan birga, Davron Abitovich Nazarmuxamedov O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining o‘rinbosari – Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamenti boshlig‘i lavozimidan ozod etildi.

Teglar

Mavzuga oid