add

Donald Tramp Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarini Vashingtonga chaqirmoqda

27.10.2025 | 11:156322

AQSH prezidenti Markaziy Osiyo mamlakatlari rahbarlari bilan C5+1 formatidagi sammitni Vashingtonda o‘tkazadi. Tashabbus forumning 10 yilligi munosabati bilan ilgari surilgan.

Donald Tramp Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarini Vashingtonga chaqirmoqda

AQSH Kongressi a’zolari Sidni Kamlager-Dav va Bill Hyoyzenga prezident Donald Trampga rasmiy xat yo‘llab, 2015 yilda ta’sis etilgan «C5+1» diplomatik forumining 10 yilligini nishonlash maqsadida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari ishtirokida sammit o‘tkazishni taklif etgan. Bu haqda kongressmen Kamlager-Davning rasmiy sayti xabar berdi.

Xatda ta’kidlanishicha, AQSHning Markaziy Osiyo mamlakatlari — Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston bilan hamkorligi uchun yaratilgan «C5+1» formati Vashingtonning mintaqadagi xavfsizlik, iqtisodiy va «muloqot orqali ta’sir» siyosatini mustahkamlaydigan muhim diplomatik maydonga aylangan.

«Prezidentning shaxsan ishtirok etishi C5+1 forumining 10 yilligini yangi diplomatik bosqichga aylantirib, AQSH va Markaziy Osiyo munosabatlariga keyingi o‘n yillik uchun aniq yo‘nalish belgilaydi», — deyiladi xatda. Qonun chiqaruvchilar sammit yakunida aniq natijalar va kelishuvlar qabul qilinishi zarurligini ham qayd etgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ikki yil avval BMT Bosh Assambleyasi doirasida Nyu Yorkda o‘tgan «Markaziy Osiyo — AQSH» sammitida ishtirok etgan edi. Bu formatdagi ilk prezidentlar uchrashuvi bo‘lib, Markaziy Osiyo davlatlari va Vashington o‘rtasidagi hamkorlikning yangi bosqichini boshlab bergan edi.

Sammit yakunida davlat rahbarlari Deklaratsiya qabul qilib, xavfsizlik, savdo-investitsiya, «yashil iqtisodiyot», ta’lim, inson huquqlari va Afg‘onistonda tinchlikni ta’minlash kabi ustuvor yo‘nalishlarda hamkorlikni kuchaytirishga kelishib oldilar.

«Markaziy Osiyo – AQSH» («S5+1») formati AQSH va Markaziy Osiyoning besh davlati o‘rtasidagi muloqot va birgalikdagi sa’y-harakatlar platformasidir. U 2015 yilning noyabrida Samarqand shahrida tashqi ishlar vazirlarining ilk uchrashuvidan so‘ng ta’sis etilgan va 2023 yilning sentyabriga qadar TIV rahbarlari darajasida o‘tkazib kelingan.

Ushbu tashabbus doirasida xavfsizlik, iqtisodiyot va ekologiya asosiy muhokama sohalari hisoblanadi.

Markaziy Osiyo davlatlari va AQSH TIV rahbarlarining «5+1» formatdagi so‘nggi uchrashuvi shu yilning 28 fevralida Ostona shahrida o‘tkazilgan edi. O‘shanda tomonlar ham mintaqa davlatlari, ham AQSH bilan savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirishni muhokama qilishgan.

Teglar

Mavzuga oid

Donald Tramp Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarini Vashingtonga chaqirmoqda | Vaqt.uz