add

Donald Tramp orzusiga yetadi

Kecha 20:191851 daqiqa

AQSH prezidenti Donald Tramp FIFA «JCH – 2026» qur’a tashlash marosimida shaxsan ishtirok etadi va tashkilotning «Tinchlik mukofoti» bilan taqdirlanishi kutilmoqda.

Donald Tramp orzusiga yetadi

Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidenti Donald Tramp 2026 yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionatining qur’a tashlash marosimida ishtirok etadi. Tadbir ertaga, 5-dekabr kuni Vashingtonda o‘tkaziladi.

Tadbir doirasida Donald Trampga Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) tomonidan ta’sis etilgan birinchi «Tinchlik mukofoti» topshirilishi kutilmoqda.

Chempionatning o‘zi 2026 yilning yoziga rejalashtirilgan bo‘lib, uch mezbon davlat — AQSH, Kanada va Meksika maydonlarida o‘tkaziladi.

Bu kengaytirilgan tarkibdagi ilk turnir bo‘ladi — unda o‘n ikki guruhda 104 ta o‘yin o‘tkazadigan 48 ta jamoa qatnashadi. Mezbon davlatlar musobaqaga avtomatik tarzda yo‘llanma oldi.

Musobaqaning ochilish marosimi 11-iyun kuni Meksikodagi «Asteka» stadionida bo‘lib o‘tadi, final o‘yini esa 19-iyul kuni Nyu-Jersidagi «Metlayf Stedium» arenasida o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, hozirgi jahon chempioni Argentina terma jamoasidir. U 2022 yilda final uchrashuvida asosiy va qo‘shimcha vaqtda 3:3 hisobidagi durang natijasidan so‘ng, penaltilar seriyasida Fransiya terma jamoasini 4:2 hisobi bilan mag‘lub etib, chempionlik unvonini qo‘lga kiritgan edi.

Teglar

Mavzuga oid