
Donald Trampning boyligi 1,1 mlrd dollarga kamaydi
Tramp oilasiga tegishli kompaniya aksiyalarining keskin arzonlashishi AQSH prezidentining umumiy boyligini kamaytirdi.

AQSH prezidenti Donald Trampning boyligi sentabr oyidan buyon 1,1 milliard dollarga kamaydi, deya xabar qilmoqda Forbes.
Qayd etilishicha, Tramp boyligining kamayishiga uning oilasiga tegishli «Trump Media and Technology Group» kompaniyasi aksiyalarining keskin arzonlashi va kriptovalyuta bozoridagi pasayishlar sabab bo‘lgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Trampning umumiy aktivlari hozir 6,2 milliard dollarga baholanmoqda. Sentyabrda bu raqam 7,3 milliard dollargacha ko‘tarilib, rekord darajaga yetgan edi. Juma kuni DJT tikkeri ostida sotiladigan «Trump Media and Technology Group» kompaniyasi aksiyalari 10,18 ming dollargacha tushib ketdi.
«Trump Media and Technology Group» kompaniyasi moliyaviy muammolarga duch kelmoqda. Kompaniya uchinchi chorakda 973 ming dollarlik daromadga teskari ravishda 54,8 million dollar zarar qayd etgan. Bitkoindagi 48 million dollarlik yo‘qotish Cronos kriptovalyutasi orqali 33 million dollarlik foyda bilan qisman qoplangan.
Ma’lumot uchun, sentabr holatida Trampning boyligi bir yil ichida 3 milliard dollarga o‘sgan va Forbes 400 ro‘yxatida uni 201-o‘ringa olib chiqqan edi. Bunday o‘sish asosan Tramplar oilasining kriptobozorga kirishi va World Liberty Financial loyihasidagi ulushi bilan bog‘langan.





