add

Dunyo uranining asosiy qismi Markaziy Osiyoda joylashgan

07.10.2025 | 18:004913

Dunyo urani tugayotgan bir paytda, Qozog‘iston va O‘zbekiston global energetika xavfsizligida hal qiluvchi o‘rinni egallab bormoqda.

Dunyo uranining asosiy qismi Markaziy Osiyoda joylashgan
OECD hisob-kitoblariga ko‘ra, yer yuzidagi uran zaxiralari 2090-yilga kelib tugaydi. Hozirgi hisobda bu zaxiralar taxminan 8 million tonnani tashkil etadi. Uran dunyo bo‘yicha cheklangan mamlakatlarda qazib olinayotganiga qaramay, uning asosiy qismi Markaziy Osiyoda joylashgan. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiya jahon uranining 5 foizini, Xitoy 3 foizini ishlab chiqaradi. AQSH esa umuman uran qazib olmaydi va butunlay importga tayanadi. Shu bilan birga, nisbatan kichik hududga ega bo‘lgan Markaziy Osiyo bu sohada yetakchiga aylandi: Qozog‘iston dunyo uranining 44 foizini, O‘zbekiston esa 7 foizini qazib oladi. Demak, har ikkinchi tonna uran aynan mintaqamizdan chiqmoqda. Hozirgi vaqtda qazib olinayotgan uranning asosiy qismi atom energetikasi ehtiyojlariga yo‘naltirilgan. Bugun jahon bo‘yicha atom stansiyalarining 70 foizi besh davlatda — AQSH, Fransiya, Xitoy, Rossiya va Janubiy Koreyada — joylashgan. Bu davlatlar uranga bo‘lgan talabni yanada kuchaytirayotgan asosiy bozor hisoblanadi. Mutahassislar fikricha, yaqin yillarda uran tanqisligi xavfi ortishi muqarrar. Bu holat, tabiiyki, uran zaxiralariga boy bo‘lgan Qozog‘iston va O‘zbekistonning strategik ahamiyatini yanada oshiradi. Mintaqadagi uran zaxiralari uchun xalqaro raqobat kuchayishi kutilmoqda. Biroq bir haqiqat aniq: dunyo talabiga nisbatan Markaziy Osiyo urani ham cheklangan. Demak, uran energetikasi atrofidagi global raqobat endilikda aynan mana shu mintaqada jamlanishi mumkin.

Teglar

Mavzuga oid