add

Dunyo yadroviy «tormoz»siz qolmoqda: AQSH–Rossiya o‘rtasidagi kelishuv tugashiga 3 kun qoldi

Kecha 21:342 daqiqa

Sovuq urush davridan beri Vashington va Moskvani o‘zaro tiyib turgan so‘nggi yadroviy shartnoma bir necha kundan so‘ng o‘z kuchini yo‘qotadi.

Dunyo yadroviy «tormoz»siz qolmoqda: AQSH–Rossiya o‘rtasidagi kelishuv tugashiga 3 kun qoldi

Sovuq urush davridan beri Vashington va Moskva o‘rtasida o‘nlab yillar davomida tuzib kelingan kelishuvlardan so‘ng, oxirgi yadroviy shartnoma — New START (SNT-3)ning amal qilish muddati 5-fevral oqshomida nihoyasiga yetadi. Bu esa dunyoning ikki yirik yadroviy davlati uchun qo‘yilgan cheklovlarning olib tashlanishini anglatadi, deb xabar bermoqda Financial Times.

New START shartnomasining yakunlanishi

Mazkur shartnoma yadroviy jangovar kallaklar sonini (maksimal 1550 dona) va ularni yetkazib berish vositalarini (maksimal 700 dona) cheklar, shuningdek, shaffoflikni (kimda qancha qurol borligi va ular qayerda joylashgani haqida ma’lumot almashishni) ta’minlar edi.

Shu tariqa, 1970 yillardan buyon ilk bor ikki eng yirik yadroviy davlat o‘rtasida yadroviy qurollarni qisqartirish bo‘yicha birorta ham amaldagi shartnoma qolmaydi.

So‘nggi yadroviy cheklovlarning bekor bo‘lishi

«Agar so‘nggi daqiqalarda biror o‘zgarish yuz bermasa, dunyoda yadro qurolini joylashtirishni cheklovchi so‘nggi shartnoma ham o‘z kuchini yo‘qotadi», — deb yozadi nashr.

Shartnoma muddatining tugashi AQSH prezidenti Donald Trampning «Avvalo Amerika» shiori ostida Qo‘shma Shtatlarni cheklovchi xalqaro kelishuvlarni bekor qilayotgan davriga to‘g‘ri kelmoqda. Biroq New START borasida kelishuvni qayta tiklash bilan bog‘liq muammo mafkuraviy qarashlardan ko‘ra ko‘proq sustkashlik bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligi qayd etilmoqda.

Shartnomani uzaytirish borasidagi pozitsiyalar

Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘tgan yilning sentabr oyida New START shartnomasining amal qilish muddatini bir yilga uzaytirishni taklif qilgan edi.

Keyinchalik, jurnalistlarning savollariga javob berar ekan, AQSH prezidenti Donald Tramp shartnomani uzaytirish «yaxshi g‘oya bo‘lib tuyulayotganini» aytgan, ammo o‘shandan beri ushbu masala bo‘yicha biror jiddiy bayonot berilmadi.

Teglar

Mavzuga oid