add

Dunyoda AQSHning nufuzi pasaymoqda, Xitoy esa ishonch qozonmoqda

03.06.2025 | 08:3037983

Morning Consult tahliliga ko‘ra, 2025 yil boshidan buyon AQSHning dunyo miqyosidagi siyosiy va iqtisodiy obro‘si keskin pasaygan, Xitoy esa aksincha, ko‘plab davlatlarda ishonch qozonmoqda.

Dunyoda AQSHning nufuzi pasaymoqda, Xitoy esa ishonch qozonmoqda
AQSHning xalqaro maydondagi nufuzi oxirgi oylarda jiddiy ravishda zaiflashgani qayd etildi. Morning Consult xalqaro tadqiqot tashkiloti tomonidan o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, AQSHga bo‘lgan ishonch ham siyosiy, ham iqtisodiy jihatdan pasaygan. Jahon bo‘ylab iste’molchilar Amerika kompaniyalari va mahsulotlaridan yuz o‘girishni boshlagan. 41 davlatda o‘tkazilgan so‘rovda AQSHning sof ijobiy reytingi −1,5 foizni tashkil etgan bo‘lsa, Xitoyning reytingi +8,8 foizga yetgan. 2024 yil yanvarda AQSHning reytingi +20 foizdan yuqori bo‘lgan, Xitoy esa salbiy zonada edi. Biroq Donald Tramp prezidentlikka qaytganidan so‘ng AQSHning xalqaro imiji pasayib, Xitoyga bo‘lgan munosabat ijobiy tus olgan. Morning Consult tahlilida ta’kidlanishicha, 2025 yil yanvaridan beri dunyo mamlakatlarining katta qismida AQSHga nisbatan munosabat yomonlashgan, Xitoyga bo‘lgan munosabat esa yaxshilangan. AQSHning imiji qisqa muddatga faqat Rossiyada yaxshilangan. Siyosiy nufuzning pasayishi iqtisodiy ko‘rsatkichlarda ham aks etmoqda: AQSHga turistlar oqimi kamaymoqda, dollar qurida pasayish kuzatilmoqda va amerikalik aktivlarga bo‘lgan qiziqish so‘nmoqda. Shu bilan birga, Politico nashrining ma’lum qilishicha, dunyo bo‘yicha eng past nufuzga ega davlat sifatida Isroil qayd etilgan. Ayniqsa, Janubiy Osiyo va Yaqin Sharq mamlakatlarida Isroilga nisbatan salbiy munosabat keskin o‘sgan. Bu G‘azo va G‘arbiy sohildagi harbiy harakatlar bilan bog‘liq ekani aytilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid