add

Dunyoda arzon neft davri boshlanishi kutilmoqda

14.05.2025 | 09:2042774

Jahon banki va yetakchi tahlilchilar fikricha, 2025 yildan boshlab neft narxi keskin tushadi. Sabab — texnologiyalar o‘sishi, bozorda taklif ko‘pligi va so‘rovda pasayish.

Dunyoda arzon neft davri boshlanishi kutilmoqda
Jahon banki hisobotiga ko‘ra, 2025 yilda neft narxi 21 foizga, 2026 yilda yana 6 foizga tushishi kutilmoqda. Bu dinamika global so‘rovning pasayishi va taklifning ortishi bilan izohlanadi. Mutaxassislar ta’kidlashicha, neft uchun yangi davr boshlanmoqda — arzonlashuv va kuchli raqobat. Hozirgi kunda jahon bozorlarida neft yetarlicha, taqchillik kutilmayapti. Bu nafaqat Tramp boshlagan tarif urushlari yoki OPEC+ qarori bilan izohlanadi, balki ob’ektiv omillar, jumladan, texnogen rivojlanish va iste’moldagi uzoq muddatli pasayish bilan bog‘liq. Energiya samaradorligi ortishi, elektromobillar va yashil energiya tendensiyalari neftga bo‘lgan ehtiyojni bosqichma-bosqich kamaytirmoqda. ING va XEA tahlilchilari so‘rov o‘sishini juda sust baholamoqda: 2025 yilda so‘rov kuniga 730 ming barrelga, 2026 yilda esa 690 ming barrelga ortishi mumkin. Golden Sachs ma’lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich hatto 300 ming barrelgacha tushishi ehtimoli bor. Bunday sust so‘rov fonida 3–5 mln barrelgacha qo‘shimcha taklif kutilayotgani narxni yanada pasaytiradi. Maykl Krutixin kabi ekspertlar aytishicha, neft kompaniyalari hozir narxni emas, hajmni saqlab qolish strategiyasini tanlamoqda. Bu esa arzon, lekin yuqori raqobatli bozorni shakllantiradi. Qimmat va katta xarajatli bozor ishtirokchilari chetda qoladi. OPEC+ning kvotalari eskirgan. Aniqrog‘i, kvota bilan bozorni nazorat qilish endi samarasiz. 40 dollarlik narx yaqin yillarda real darajaga aylanishi mumkin va bu uzoqqa cho‘zilishi ehtimoli bor. Neft bozori endi arzon ishlab chiqaradigan, yuqori samarador korxonalar qo‘liga o‘tadi. Qolganlar esa bozor chetida qolishi mumkin. Energiya manbalari ichida neft yetakchilikni asta-sekin yo‘qotmoqda.

Teglar

Mavzuga oid