Dunyodagi eng bilimli mamlakat AQSHmi yoki Irlandiya?
05.10.2025 | 21:0135533
Eng ko‘p oliy ma’lumotli aholi AQSHda bo‘lsada, ulushi jihatdan eng yuqori ko‘rsatkich Irlandiyada qayd etildi. Bu mamlakatda kattalarning har ikkisidan biri — oliy ma’lumotli.

Aholi sonida oliy ma’lumotlilarning (bakalavr yoki undan yuqori daraja) darajasi foizda eng ko‘p bo‘lgan TOP-25 davlat ro‘yxati e’lon qilindi.
CBRE Research ma’lumotlariga ko‘ra, Irlandiya aholisining 52,4 foizi bakalavr yoki undan yuqori darajaga ega. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha Shveysariya (46 foiz) va Singapur (45 foiz) keyingi o‘rinlarni egallagan.
Buyuk Britaniyada oliy ma’lumotlilar ulushi 43,6 foizni tashkil etsa, AQSHda bu ko‘rsatkich 40,3 foizga teng. Biroq son jihatidan Amerika dunyodagi eng ko‘p oliy ma’lumotli aholiga ega davlat hisoblanadi — 78 million kishi bakalavr yoki undan yuqori darajali ta’limga ega.
Avstraliya, Isroil, Janubiy Koreya, Shvetsiya va Tayvan ham dunyoning ilg‘or bilimli mamlakatlari qatoridan joy olgan. Masalan, Janubiy Koreyada oliy ma’lumotlilar ulushi 39,4 foizni tashkil etsa, Avstraliyada 39,8 foiz, Isroilda esa 39,7 foizni tashkil etadi.
Ro‘yxatdagi so‘nggi o‘rinlar Fransiya (28,1 foiz), Vengriya (28,5 foiz) va Ispaniya (28,8 foiz)ga to‘g‘ri kelgan. Eng kam ko‘rsatkichli davlatlar ham aholisining qariyb uchdan biri oliy ma’lumotli ekanini ko‘rsatadi, bu esa ta’limning jahon bo‘ylab ahamiyati tobora ortib borayotganini anglatadi.