add

«Dunyodagi eng mehribon sudya» 88 yoshida vafot etdi

21.08.2025 | 11:1515203

AQSHning Rod-Aylend shtatidagi Providens shahrida faoliyat yuritgan sudya Frenk Kaprio 88 yoshida oshqozon osti bezi saratonidan vafot etdi.

«Dunyodagi eng mehribon sudya» 88 yoshida vafot etdi
Uning oilasi va yaqinlari rasmiy bayonotda Kaprioning hayoti va mehr-shafqati minglab insonlarga ilhom berganini ta’kidladi. Frenk Kaprio o‘z xizmat yillarida sud zallarida qonuniy qat’iyatni insoniy munosabatlar bilan uyg‘unlashtirgani uchun «dunyodagi eng mehribon sudya» sifatida tanilgan. Uning chiqishlari ko‘pincha insonlarni kechirish, ularga ikkinchi imkoniyat berish kabi insonparvar qarorlari bilan yodda qolgan. Kaprio ommaviy tanilishiga «Providensda qo‘lga olinganlar» teleseriali katta hissa qo‘shdi. Bu loyiha 2000 yildan efirga uzatiladi va to‘rt marotaba «Emmi» mukofotiga nomzod bo‘lgan. Sudyaning videolari ijtimoiy tarmoqlarda ham keng tarqalgan, ayniqsa TikTok orqali 1,6 million obunachiga ega bo‘lgan. Frenk Kaprio 1985 yildan 2023 yilgacha Providens munitsipal sudida faoliyat olib borgan. Uning suddagi faoliyati adolat va mehribonlik uyg‘unligining simvoliga aylangan. 2023 yil dekabrda, 87 yoshga to‘lganidan so‘ng, Kaprio ijtimoiy tarmoqda saraton tashxisi qo‘yilganini e’lon qilgan va ko‘pchilik yurakka ta’sir qilgan bu videoni hozirgacha eslab keladi. Uning insoniy merosi uni ilhom deb bilgan minglab odamlar hayotida davom etmoqda.

Teglar

Mavzuga oid