add

Dunyodagi eng yirik demokratiya xavf ostidami?

14.05.2025 | 09:1038192

Hindistonda «davomli urush» holati kundalik hayotning yangi normasiga aylanmoqda va bu jarayon mamlakat demokratiyasiga jiddiy tahdid solmoqda, deb yozmoqda Al-Jazeera nashri

Dunyodagi eng yirik demokratiya xavf ostidami?
Muallifning ta’kidlashicha, Hindiston bosh vaziri Narendra Modi hukumati ichki va tashqi dushman obrazini yaratib, xavf va urush muhitini doimiylashtirmoqda. Bu holat fuqarolik erkinliklarini cheklab, tanqidiy ovozlarni o‘chirishga xizmat qilmoqda. Maqolada qayd etilishicha, milliy xavfsizlik nomidan amalga oshirilayotgan siyosatlar, ayniqsa, Kashmirda va musulmonlarga qarshi harakatlarda, demokratik institutlarning zaiflashuviga olib kelmoqda. Ommaviy axborot vositalari va sudlar mustaqilligini yo‘qotmoqda, aholi esa ichki dushmanlarga qarshi qaratilgan ritorika ta’sirida turli qutblarga bo‘linmoqda. Siyosiy raqiblar «millat dushmani», deb ta’riflanishi orqali siyosiy maydon ifloslashmoqda. Muallifning fikricha, bunday siyosiy muhit Hindistonning dunyodagi eng yirik demokratiya sifatidagi mavqeini xavf ostiga qo‘ymoqda. Mamlakat ichidagi «doimiy urush» atmosferasi siyosiy raqobat, fikr erkinligi va adolatli saylov tizimini zaiflashtirib, davlatning kelajakdagi barqarorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Teglar

Mavzuga oid

Dunyodagi eng yirik demokratiya xavf ostidami? | Vaqt.uz