add

Durovning yuridik muammolariga qaramasdan, Telegram 540 mln dollar foyda oldi

22.05.2025 | 16:0039273

Fransiyadagi sud ishlariga qaramasdan, Telegram messenjeri 2024 yilda 540 mln dollar foyda oldi. Pavel Durovga nisbatan jinoiy ayblovlar qo‘yilgan bo‘lsa-da, kompaniya o‘z faoliyatini kengaytirishda davom etmoqda.

Durovning yuridik muammolariga qaramasdan, Telegram 540 mln dollar foyda oldi
Telegram messenjeri 2024 yilda 1,4 mlrd dollarlik rekord daromadga erishib, 540 mln dollar sof foyda qayd etdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 400 foiz o‘sishni anglatadi. 2023 yilda kompaniya birinchi marta 173 mln dollar foyda ko‘rgan edi. Kompaniya o‘z natijalarini yangi investorlarga taqdim etib, 1,5 mlrd dollarlik obligatsiyalar chiqarish orqali mavjud qarzlarini qayta moliyalashtirishni maqsad qilgan. Obligatsiya sotuvi allaqachon boshlangan va yaqin haftada yakunlanishi kutilmoqda. Telegram’ning bunday muvaffaqiyatining sabablaridan biri — platformadagi to‘lovli foydalanuvchilar sonining o‘sishi va kriptovalyuta bilan bog‘liq hamkorliklardir. Shu bilan birga, Fransiyada Pavel Durovga nisbatan olib borilayotgan tergovlar kompaniyaning ommalashishiga ta’sir qilmayotgani ta’kidlanmoqda. 2023 yil avgustida Durov Parijda hibsga olingan va u Telegram orqali jinoyatchilik, xususan, bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik va terrorizmga qarshi yetarli chora ko‘rmayotganlikda ayblanmoqda. Unga qamoq jazosi ham tahdid solmoqda. Durov, Fransiya, Rossiya va BAA fuqaroligiga ega bo‘lib, bu ayblovlarni rad etmoqda. Uning ta’kidlashicha, bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik masalasi faqatgina bahona bo‘lib, aslida bu ishda geosiyosiy maqsadlar turibdi.

Teglar

Mavzuga oid