
DXX 2 tonnadan ortiq giyohvandlik vositalarini yoqib yo‘q qildi
26.06.2025 | 13:4515513
26 iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurashish kuni munosabati bilan Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan 2 tonnadan ziyod giyohvandlik vositalari yoqish yo‘li bilan yo‘q qilindi.

Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan musodara qilingan giyohvand moddalar yo‘q qilish tadbiri o‘tkazildi. Ushbu tadbir 26 iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurashish kuni munosabati bilan tashkil etildi.
Yo‘q qilingan giyohvandlik vositalari umumiy og‘irligi 2 tonna 135 kilogramm 188 grammni tashkil etdi. Yo‘q qilingan moddalar orasida eng katta qismni marixuana, geroin va gashish kabi kuchli ta’sir etuvchi vositalar tashkil etgan.
Jumladan, 99 kg 882 gramm geroin, 202 kg 555 gramm opiy, 415 kg 124 gramm gashish, 395 kg 739 gramm marixuana, 613 kg 94 gramm kannabis o‘simligi yo‘q qilindi. Bundan tashqari, 153 kg 15 gramm ko‘knor boshog‘i va somoni, 57 kg 847 gramm mefedron, 29 kg 603 gramm a-PVP, 5 kg 750 gramm spays va 5 kg 544 gramm katinon ham yoqildi.
Mutasaddilarning ta’kidlashicha, giyohvand moddalarni yo‘q qilish jamiyat xavfsizligini ta’minlash va aholi, ayniqsa yoshlarning salomatligini himoya qilishda muhim qadamdir.
Davlat xavfsizlik xizmati ushbu sohadagi kurashni izchil davom ettirishini va giyohvandlikka qarshi qat’iy choralar ko‘rishda davom etadi.





