add

Ehtiyot bo‘ling: Soliq qo‘mitasi muhim ogohlantirish bilan chiqdi

02.07.2025 | 21:1526082

Fuqarolarga yuborilayotgan elektron xatlar ortida kim turibdi? Soliq qo‘mitasi bayonot berdi.

Ehtiyot bo‘ling: Soliq qo‘mitasi muhim ogohlantirish bilan chiqdi
Fuqarolarning elektron pochtalariga soliq qarzi mavjudligi va uni to‘lash zarurligi haqida xabarnomalar firibgarlar tomonidan yuborilmoqda. Soliq qo‘mitasining xabar berishicha, Qo‘mita nomidan yuborilgan ushbu xatlar firibgarlikning bir ko‘rinishi ekani va soliq xizmatiga hech qanday aloqasi yo‘q. Qayd etilishicha, Soliq organlari soliq to‘lovchilarga elektron hujjatlarni faqat my.soliq.uz va my3.soliq.uz portalidagi shaxsiy kabinet orqali yuboradi. Hisoblangan soliqlar va qarzdorlik haqidagi barcha ma’lumotlar real vaqt rejimida shaxsiy kabinetda va Soliq mobil ilovasida mavjud. Savollar yuzaga kelsa, soliq to‘lovchilar o‘zlariga biriktirilgan soliq inspektoriga murojaat qilishlari mumkin, uning aloqa ma’lumotlari shaxsiy kabinetida ko‘rsatilgan. Qo‘mita tasdiqlanmagan ma’lumotlar, shubhali havolalar, yuklamalar va ilova fayllaridan ehtiyot bo‘lishga chaqirdi.

Teglar

Mavzuga oid

Ehtiyot bo‘ling: Soliq qo‘mitasi muhim ogohlantirish bilan chiqdi | Vaqt.uz