add

Ekologik talablarni buzgan asfalt zavodining faoliyati vaqtincha to‘xtatildi

18.09.2025 | 13:1520842

Navoiy viloyatining Qiziltepa tumanida ekologik talablarni buzgan asfalt ishlab chiqarish korxonasi faoliyati vaqtincha to‘xtatildi.

Ekologik talablarni buzgan asfalt zavodining faoliyati vaqtincha to‘xtatildi
Ijtimoiy tarmoqlarda «Navoiy viloyatining Qiziltepa tumanida qora tutun osmonni qoplab olgan»mazmunida xabarlar tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan viloyat Ekologiya boshqarmasi rasmiy munosabat berdi. «Sarmazortrans» MCHJga qarashli korxona ekologik qonunchilik talablarini buzgan holda ishlab kelgani aniqlangan. Korxona havoga zararli moddalar chiqishini to‘suvchi uskunadan foydalanmagan va zarur ekologik ekspertiza xulosasini olmagan holda ish olib borgan. Tekshiruvlar natijasida jamiyat mas’uliga nisbatan chora ko‘rildi va kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar ishlab chiqarish jarayoni 10 kunga to‘xtatildi. Avvalroq Andijon viloyatida ham «Reko brend sement» sement zavodi vaqtincha to‘xtatilgan edi. 2025 yil yanvar—avgust oylarida birgina Toshkent shahrida atmosferaga zarar yetkazish holatlari bo‘yicha 281 ta qonunbuzarlik aniqlangan.

Teglar

Mavzuga oid

Ekologik talablarni buzgan asfalt zavodining faoliyati vaqtincha to‘xtatildi | Vaqt.uz