«El-yurt umidi» jamg‘armasi g‘oliblari e’lon qilindi: ballar masalasida tushunmovchiliklar bor
29.08.2025 | 17:0049177
«El-yurt umidi» jamg‘armasi nomzodlar ro‘yxati e’lon qilinganidan so‘ng, Vaqt.uz jurnalisti ularning natijalarini o‘rgandi. G‘oliblar orasida suhbat bosqichidan yetarli ball olmagan bo‘lsa-da, «stipendiat» deb e’lon qilinganlar aniqlandi.

«El-yurt umidi» jamg‘armasi 2025- yilgi 1-ochiq stipendiya tanlovi natijalarini e’lon qildi. Unga ko‘ra, 173 kishi stipendiat sifatida saralab olingan. Vaqt.uz g‘olib bo‘lgan talabalar va ularning tanlov jarayonlaridagi ballarini tekshirib ko‘rdi.
Ochiq ma’lumotlarni o‘rganish davomida tushunarsiz holat guvohi bo‘ldik. Ya’ni g‘olib bo‘lganlar orasida G‘aybullayev Shomurod Olimovich suhbat bosqichidan 0 ball olgan, test natijalari e’lon qilingan ro‘yxatda esa uning ism-familiyasi yo‘q.
Shunga qaramasdan, shu yilgi g‘oliblar orasida 35-o‘rinda turibdi.
Yana bir nomzod — Tojiboyev Rashid Sobir o‘g‘li suhbat bosqichidan 47 ball bilan o‘tgan. Biroq u ham 121-o‘rinda g‘oliblar ro‘yxatida turibdi. Nizomga ko‘ra, nomzod 100 balldan kamida 61 ball olsagina «suhbatdan o‘tgan» hisoblanadi. (R.Tojiboyev tahririyat bilan bog‘lanib, bali yuzasidan apellyatsiyaga bergani va apellyatsiya uning arizasini qanoatlanitirib, 61 bal qo‘yganini ma’lum qildi)
Bundan tashqari, Axmadov Shamshodbek Vahobjon o‘g‘li bilan ham shunday holat kuzatilgan. U suhbat jarayonida 52,8 ball olgan.
Kidirbayeva Aynura Rashid қизиning suhbat natijalari esa 57,7 ball bo‘lgan. Ya’ni nizomga muvofiq tarzda u «suhbatdan o‘tmagan» deb topilishi kerak edi, chunki nomzod eng kamida 61 ball olishi lozim. Ammo Aynura Kidirbayeva 57-o‘rinda stipendiya tanlovi g‘olib bo‘lgan. (A.Kidirbayeva tahririyat bilan bog‘lanib, bali yuzasidan apellyatsiyaga bergani va apellyatsiya uning arizasini qanoatlanitirib, 61 bal qo‘yganini ma’lum qildi).
Bu yerda balki qandaydir texnik xatolik yoki istisnolar bo‘lishi mumkin. Yoki talabalar suhbat ballarini apellyatsiyaga bergan, ularning arizalari qanoatlantirilgan bo‘lishi mumkin. Bunga oydinlik kiritish maqsadida jamg‘armaning matbuot kotibi bilan telefon orqali bog‘lanishga bir necha marta urinib ko‘rdik, lekin qo‘ng‘iroqlarimizga javob bermadi.
Avvalroq, Vaqt.uz’ning YouTube kanalining 2024 yil oktyabr oyida «El-yurt umidi» jamg‘armasi stipendiyasi g‘olibi sifatida e’lon qilingan, biroq qariyb 1 yildan buyon chet elga o‘qishga keta olmayotgan Azim Axtamov haqida surishtiruv e’lon qilgan edik.
Surishtiruvdan 1 hafta o‘tgandan keyin ham rasmiylardan hech qanday javob olmaganimiz, holat jamoatchilik faollari va tomoshabinlar orasida muhokamalarga sabab bo‘lgani, rasmiylardan umuman javob olmaganimiz haqida material tayyorlagan edik. Afsuski, bu ikkinchi material efirga chiqqanidan keyin ham hech qanday munosabat berilmadi.
Azim Axtamovning ma’lum qilishicha, jamg‘armadan uning elektron pochtasiga xat kelgan. Aytilgan topshiriqni bajarib, fond binosiga borganida esa hech kim tayinli javob aytmagan. U sabr tugagani va jamg‘armadan umidini uzganini ta’kidladi.
«Shukrki, o‘qishimni bahorgi semestrga ko‘chira oldim. Tagin vaziyatimni aytganimda universitet tomonidan ozmi-ko‘pmi grant bilan qo‘llab-quvvatlandim. Bu degani, o‘zingniki bo‘la turib bermagan yordamni ajnabiy xalq berdi», deb Facebook’da Azim Axtamov yozgan.
«El-yurt umidi» jamg‘armasidan yuqoridagi barcha holatlar bo‘yicha rasmiy munosabat kutamiz.
Mahliyo Hamidova tayyorladi.