add

Eldor Shomurodovga Italiyadan yangi talabgor: unga «Kremoneze» jamoasi jiddiy qiziqmoqda

26.06.2025 | 15:0028043

Italiyaning «Roma» klubi hujumchisi Eldor Shomurodov yozda yangi jamoaga o‘tishi mumkin. Uning transferi bilan “A” seriyaga quyi ligadan qaytgan «Kremoneze» va Turkiyaning «Bashakshehir» klublari jiddiy qiziqmoqda.

Eldor Shomurodovga Italiyadan yangi talabgor: unga «Kremoneze» jamoasi jiddiy qiziqmoqda
Italiya OAV ma’lumotlariga ko‘ra, «Kremoneze» Shomurodovni yangi mavsumda jamoa hujumidagi asosiy yetakchilardan biri sifatida ko‘rmoqda. Mazkur klub bu yil “B” seriyada muvaffaqiyatli ishtirok etib, elitaga yo‘l oldi va hozirda tajribali futbolchilar bilan tarkibni kuchaytirishga intilmoqda. Ayni paytda uzbekistonlik hujumchi va «Kremoneze» o‘rtasidagi muzokaralar dastlabki bosqichda, ammo ularning qiziqishi ancha jiddiy. Aytishlaricha, Shomurodov transferi uchun «Kremoneze» 8 million yevro sarflashga tayyor. Shomurodovning «Roma» bilan tuzilgan shartnomasi 2026 yil yozigacha amal qiladi. Rim klubi esa ushbu transfer oyi yakunlanguncha kelishuvni rasmiylashtirishni istamoqda. Bu orqali tarkibdagi raqobatni oshirish va moliyaviy yuklamalarni kamaytirish ko‘zlangan. Eldor o‘tgan mavsumda 37 o‘yinda maydonga tushib, jami 7 gol urib va 5 golli uzatma amalga oshirgan. Shu bilan birga, Turkiyaning kuchli klublaridan biri — «Bashakshehir» ham uni o‘z safiga qo‘shib olish niyatida. Ular Eldorni hujumni kuchaytirish uchun munosib nomzod deb hisoblashmoqda. Ammo futbolchining Italiyada qolish istagi uning tanlovida hal qiluvchi omil bo‘lishi mumkin.

Teglar

Mavzuga oid