add

Electronic Arts 55 milliard dollarga sotildi

29.09.2025 | 19:552163

Xalqaro o‘yin industriyasida eng yirik kelishuvlardan biri amalga oshdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Saudiya Arabistoni Davlat investitsiya jamg‘armasi (PIF) yetakchilik qilgan konsorsium Electronic Arts korporatsiyasini sotib oldi. Ushbu xaridorlar tarkibida «Nyukasl Yunayted» futbol klubi egalari ham qatnashdi.

Electronic Arts 55 milliard dollarga sotildi
Electronic Arts va EA Sports kompaniyalari 55 milliard dollarga sotildi. Xaridorlar orasida Saudiya Arabistoni davlat investitsiya jamg‘armasi hamda «Nyukasl Yunayted» klubi egalari ham bor. Electronic Arts — dunyodagi eng yirik videoo‘yin ishlab chiqaruvchilaridan biri. Uning EA Sports brendi ostidagi «FIFA», «Madden NFL», «NHL» va «UFC» kabi mashhur seriyalari milliardlab dollar daromad keltirib kelmoqda. Kompaniya sport simulyatorlari bozorida yetakchi hisoblanadi. Sotuv narxi 55 milliard dollar etib belgilanishi Electronic Arts’ni dunyo bozorida eng qimmatbaho o‘yin kompaniyalaridan biriga aylantirdi. Bu summa oxirgi yillardagi o‘yin industriyasida eng yirik bitimlardan biri bo‘ldi. Saudiya Arabistoni hukumati so‘nggi yillarda raqamli texnologiyalar va kibersport sohasiga katta sarmoya kiritmoqda. Mamlakat nafaqat futbol, balki videoo‘yin industriyasi orqali ham xalqaro nufuzini kuchaytirishni ko‘zlamoqda. Kelishuvning rasmiy yakunlanishi va Electronic Arts rahbariyatidagi o‘zgarishlar haqida hozircha aniq ma’lumot yo‘q. Ammo ekspertlar Saudiya sarmoyalari kompaniyaning yangi bosqichdagi o‘sishiga xizmat qilishi mumkinligini ta’kidlamoqda.

Teglar

Mavzuga oid