add

Elektrotexnika mahsulotlarida xavfli moddalardan foydalanish cheklanadi

18.08.2025 | 16:4542662

O‘zbekistonda elektrotexnika va radioelektronika mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotishda xavfli moddalardan foydalanish qat’iy cheklanadi.

Elektrotexnika mahsulotlarida xavfli moddalardan foydalanish cheklanadi
Hukumatning 2025 yil 15 avgustdagi qarori bilan «Elektrotexnika va radioelektronika mahsulotlarida xavfli moddalarni ishlatishni cheklash to‘g‘risida»gi texnik reglament tasdiqlandi. Hujjat ushbu sohada yagona va majburiy talablarni belgilaydi. Reglamentga ko‘ra, mahsulotlarning foydalanish hujjatlari davlat tilida tayyorlangan pasport, o‘rnatish, texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash yo‘riqnomasi hamda qo‘llanmani o‘z ichiga olishi shart. Shuningdek, mahsulot va ishlab chiqaruvchi haqidagi ma’lumotlar qadoqda ko‘rsatilishi kerak. O‘zbekistonda muomalaga chiqariladigan har bir elektrotexnika va radioelektronika mahsuloti belgilangan talablarga muvofiqligi bo‘yicha baholanishi zarur. Bu talab mahsulot xavfsizligini ta’minlash va iste’molchilarni salomatlikka xavf solishi mumkin bo‘lgan moddalardan himoya qilishga qaratilgan. Yangi reglament rasmiy e’lon qilingan kundan olti oy o‘tgach amalda qo‘llanila boshlaydi.

Teglar

Mavzuga oid

Elektrotexnika mahsulotlarida xavfli moddalardan foydalanish cheklanadi | Vaqt.uz