add

Endi avtomobillarni bojxonada birovning nomiga o‘tkazish cheklanishi mumkin

02.09.2025 | 20:201563

Mazkur qonun loyihasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan jamoatchilik muhokamasiga taqdim etildi. Unga ko‘ra, bosh vazirga yangi vakolat berilishi kutilmoqda.

Endi avtomobillarni bojxonada birovning nomiga o‘tkazish cheklanishi mumkin
O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi bojxona ombori bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni boshqa shaxsga o‘tkazilishi taqiqlangan ayrim tovarlarni va holatlarni belgilashi mumkin. Hukumat bu yangi vakolatini birinchi bo‘lib avtomobillarga nisbatan qo‘llamoqchi. Mazkur hujjat Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan jamoatchilik muhokamasiga taqdim etildi. Loyihaga ko‘ra, qonun loyihasi 2025 yil 6 may kuni bosh vazir tomonidan berilgan 1725-sonli topshiriq asosida ishlab chiqilgan. Unda yengil avtomobillarni bojxona omboridan boshqa shaxslarga o‘tkazishga oid tartiblarni cheklovchi mexanizm ishlab chiqish vazifasi qo‘yilgan edi. Ta’kidlanishicha, tashabbusning maqsadi bojxona nazorati ostidagi mahsulotlarni soliq qonunchiligini chetlab o‘tib rasmiylashtirish bilan bog‘liq holatlarning oldini olishdan iborat. Shu bilan birga, qonun loyihasiga ilova qilingan izohlarda bunday muammolar yuzasidan aniq faktlar keltirilmagan. Mazkur qonun loyihasining izohlar qismiga fuqarolardan biri quyidagicha izoh qoldirgan: «Importga sun’iy to‘siqlar qo‘yish, importyorlarga noqulaylik tug‘dirish, monopolistlarni qo‘llab-quvvatlash uchun Vazirlar Mahkamasi orqali yo‘l ochish yo‘lidagi yana bir qadam»? - degan Jahongir Muhammedov.

Teglar

Mavzuga oid