add

Endi davlat tashkilotlari xodimlarining tana vazni nazorat qilinadi

20.06.2025 | 17:2049742

2025 yil 1 avgustdan boshlab O‘zbekistonda davlat organlari va tashkilotlari xodimlari uchun jismoniy faollik majburiy tartibda yo‘lga qo‘yiladi. Bu tadbirlar sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va ishchi samaradorligini oshirishga qaratilgan.

Endi davlat tashkilotlari xodimlarining tana vazni nazorat qilinadi
Yangi tartibga muvofiq, har kuni belgilangan vaqtda jismoniy tarbiya tadbirlari tashkil etiladi. Davlat muassasalarida maxsus sport zonalari barpo etilib, xodimlar uchun sport bilan shug‘ullanishga sharoit yaratiladi. Shu bilan birga, har bir xodimning tana vazni indeksi muntazam ravishda o‘lchanadi va “hrm.argos.uz” elektron platformasiga yuklab boriladi. Bu tizim orqali salomatlik ko‘rsatkichlarini monitoring qilish va shaxsiy holatni tahlil etish imkoni yaratiladi. Mazkur tashabbus orqali davlat xizmatchilari o‘rtasida faol hayot tarzi, profilaktika choralari va jismoniy tarbiyani odat sifatida shakllantirish maqsad qilingan. Shu orqali sog‘lom kadrlar salohiyatini saqlash, kasalliklar xavfini kamaytirish va ish unumdorligini oshirish rejalashtirilgan.

Teglar

Mavzuga oid