Logo

Endi maktabda pul sanash va tejash o‘rgatiladi

Bugun 19:002 daqiqa

Umuman olganda maktab darsliklaridagi 1200 dan ortiq xato tuzatiladi.

Endi maktabda pul sanash va tejash o‘rgatiladi © XTB matbuot xizmati

O‘zbekiston maktablarida eski darsliklardagi minglab xatolar hamda quruq yodlatishga asoslangan tizimdan voz kechiladi. Endi darsliklarda o‘quvchilarga pulni hisoblash, tejash, jamg‘arish va xaridni rejalashtirish o‘rgatiladi. Bu haqda davlat rahbari huzurida maktab ta’limida yangi avlod darsliklarini joriy etish va ta’lim mazmunini yangilash yuzasidan o‘tkazilgan taqdimotda ma’lum qilindi.

Taqdimotda aytilishicha, avvalgi darsliklar tahlil qilinganda amaldagi 260 ta darslikda 1 257 ta xato, 51 ta darslikda esa 464 ta tarjima xatosi aniqlangan. Mavzularning murakkabligi va faqat yodlashga ustuvorlik berilgani bolalarning olgan bilimlarini hayotda qo‘llashiga to‘sqinlik qilgan.

Qayd etilishicha, shu bois yangi o‘quv adabiyotlari xalqaro tajriba asosida tuzildi: boshlang‘ich sinf darsliklari Finlyandiya ta’lim alyansi sertifikatsiyasidan o‘tdi, 5-7-sinflarning matematika, fizika, kimyo va biologiya darsliklari esa Singapur tajribasi asosida ishlab chiqildi.

Umuman, 2027 yilga qadar 1 342 nomdagi darslik va o‘quv-metodik materialni tayyorlash rejalashtirilgan.

Ta’kidlanishicha, yangi darsliklarning eng muhim jihati ularning iqtisodiy va hayotiy ko‘nikmalarga yo‘naltirilganidir. Moliyaviy savodxonlik (pulni hisoblash va tejash), raqamli savodxonlik (internetdan xavfsiz foydalanish) va ekologik savodxonlik (suvni tejash va tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish bo‘yicha 300 dan ortiq mavzu) keng qamrab olindi.

Bu o‘zgarishlarni amaliyotga joriy etish uchun hozirga qadar 110 ming nafar boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Singapur mutaxassislari ishtirokida qayta tayyorlandi.

Teglar

Mavzuga oid