add

Endi OTMlar talabalarga moddiy yordam berishi mumkin

Kecha 18:363051 Daqiqa

Oliygohlar o‘z talabalariga 1 yilda bir marta mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 6 barobarigacha moddiy yordam ko‘rsatishi mumkin bo‘ladi.

Endi OTMlar talabalarga moddiy yordam berishi mumkin

Adliya vazirligi «Ta’lim tashkilotlarida to‘lov-kontrakt shakli va undan tushgan mablag‘larni taqsimlash tartibi to‘g‘risida»gi nizomga o‘zgartirishlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi.

Unga ko‘ra, oliy ta’lim tashkilotlarida kontrakt asosida o‘qish uchun to‘lov quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:

to‘lov miqdorining kamida 25 foizi – abituriyentlar uchun 15-sentabrgacha hamda yuqori bosqich talabalari uchun 1-oktabrgacha yoki oliy ta’lim tashkiloti rektori tomonidan uzaytiriladigan muddatgacha;

to‘lov miqdorining kamida 50 foizi 1-yanvargacha, 75 foizi 1-martgacha va 100 foizi 1-maygacha yoki oliy ta’lim tashkiloti rektori tomonidan uzaytiriladigan muddatgacha amalga oshiriladi.

Bunda, Davlat komissiyasi yuqoridagi to‘lov muddatlarini uzaytirishi mumkin.

Ushbu hujjatga ko‘ra, kontraktdan tushgan mablag‘lar xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarida istiqbolli yosh pedagog va ilmiy kadrlarning malakasini oshirish va ularning stajirovka o‘tashlariga sarflanishi mumkin.

Shuningdek, oliy ta’lim tashkilotlari o‘z talabalarini ijtimoiy muhofaza qilish doirasida 1 yilda bir talabaga mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 6 barobarigacha moddiy yordam ko‘rsatishi mumkin bo‘ladi.

Avvalroq OTM bitiruvchilarini ishga olgan tadbirkorlarga 5 mlrd so‘mgacha imtiyozli kredit berilishi haqida xabar bergandik.

Teglar

Mavzuga oid