add

Endi sun’iy intellekt yordamida yaratilgan ishlarda manba ko‘rsatilmasa javobgarlik belgilanadi

Bugun 15:252921

Oliy Majlis Senati 2025 yil 1 noyabr kuni sun’iy intellektni qo‘llash bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga soluvchi yangi qonunni ma’qulladi.

Endi sun’iy intellekt yordamida yaratilgan ishlarda manba ko‘rsatilmasa javobgarlik belgilanadi

Senatning o‘n birinchi yalpi majlisida «Sun’iy intellektni qo‘llash orqali yuzaga keladigan munosabatlar tartibga solinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida»gi Qonun ko‘rib chiqildi.

Yangi qonunga muvofiq, endi sun’iy intellekt yordamida yaratilgan har qanday material — matn, foto, video yoki audiolarda bu texnologiyadan foydalanilgani haqida maxsus belgi qo‘yilishi shart. Masalan, agar referat, rasm yoki videoni ChatGPT yordamida yaratilgan bo‘lsa, bu haqda ochiq yozilish kerak bo‘ladi.

Qonunga ko‘ra, sun’iy intellekt orqali shaxsiy ma’lumotlarni noqonuniy qayta ishlash holatlari uchun ma’muriy javobgarlik joriy etiladi. Buning uchun 50 dan 100 bazaviy hisoblash miqdorigacha jarima, yoki 15 sutkagacha ma’muriy qamoq, shuningdek, foydalanilgan texnik vositani musodara qilish jazosi belgilanadi.

Qonun orqali sun’iy intellekt” tushunchasiga huquqiy ta’rif berildi, davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari belgilab olinadi, shuningdek, ushbu sohada maxsus vakolatli organ faoliyati belgilanadi. Hujjatda axborot tizimlari va resurslarida sun’iy intellektdan foydalanish qoidalari ham belgilangan.

Senatorlar ta’kidlashicha, yangi qonun fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, shu bilan birga, sun’iy intellekt sohasini qonuniy asosda rivojlantirish uchun muhim qadam bo‘ladi.

Avvalroq Senat dala chetlariga ekin ekmagan fermerlarga uch barobar soliq joriy etishni nazarda tutuvchi qonunni ma’qullagani haqida xabar bergan edik.

Teglar

Mavzuga oid